So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Eron U-20 termasi ustozi: "Maqsadimiz – Osiyo chempionligiga erishish" Yangiliklar

Eron U-20 termasi ustozi: "Maqsadimiz – Osiyo chempionligiga erishish"

Eron U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Abdulsamad Marfoviy Osiyo Kubogi musobaqasi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida qatnashdi.

- Eron U-20 turnirga qanday tayyorgarlik ko'rgani haqida qisqacha aytib bersangiz...

- Biz bu erda bo'lib turganimizdan hursandmiz. Farg'ona shahri bizni iliq kutib oldi. OFKga ham alohida minnatdorchilik bildiraman. Fikrimcha, barcha terma jamoalar turnirga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan, chunki bu musobaqa juda katta ahamiyatga ega. Biz ham istisno emasmiz va musobaqaga iloji boricha kuchli tayyorlandik.

- Birinchi uchrashuvdagi raqibingiz Qatar terma jamoasining kuchli va kuchsiz jihatlari haqida nima deya olasiz?

- Qatar ancha kuchli terma jamoa. Saralash bosqichida birinchilardan bo'lib ushbu turnirga yo'llanmani qo'lga kiritgandi, ikki jamoa ham kuchli deb o'ylayman. Qatar terma jamoasida akademiyalar va futbolchilarga yaratib berilgan sharoit ajoyib darajada. Bizda iqtidorli o'yinchilar bor va ularning katta kelajagi borligiga ishonaman.

- Eron terma jamoasi Osiyo Kubogida favoritlardan biri va juda kuchli. Eron terma jamoasining musobaqadagi asosiy maqsadi qanday, musobaqada g'olib bo'lishmi yoxud asosiy terma jamoaga mahoratli o'yinchilarni etkazib berishmi?

- Bizning birinchi va asosiy maqsadimiz – Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish va shundan so'ng Osiyo chempionligiga erishish. Eron terma jamoasi ushbu musobaqada g'olib bo'lmaganiga ancha bo'ldi, shuningdek, biz iqtidorli o'yinchilarni asosiy terma jamoaga etkazib berishimiz kerak.

- Eron futbolida avvaldan kuchli hujumchilar bo'lgan va ushbu yoshdagi terma jamoada ham yaxshi hujumchilarni kutsak bo'ladimi?

- Umid qilamanki, ushbu avloddan ham kuchli goleador chiqadi. Aytib o'tganingizdek, Eron terma jamoasida kuchli hujumchilar ko'p bo'lgan. Masalan, Ali Dai va Sardor Azmun kabilar etishib chiqqan.

"B" guruhi doirasidagi Qatar – Eron uchrashuvi ertaga Farg'onadagi "Istiqlol" o'yingohida 19:00 da start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика