So’nggi yangiliklar

11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  2 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  1 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  8 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21

Eron U-20 bosh murabbiyi: "Vaziyatlarni golga aylantira olganimizda, o'yin yirik hisob bilan yakunlangan bo'lardi" Yangiliklar

Eron U-20 bosh murabbiyi: "Vaziyatlarni golga aylantira olganimizda, o'yin yirik hisob bilan yakunlangan bo'lardi"

U-20 Osiyo Kubogining 1-turidan o'rin olgan Qatar – Eron (0:1) uchrashuvidan so'ng eronliklar bosh murabbiyi Abdulsamad Marfoviy fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida qisqacha fikrlaringizni bildirib o'tsangiz...

- O'yin biz uchun qiyin bo'ldi. Raqib tarkibida kuchli texnikaga ega futbolchilar ko'p. Ular to'pni nazorat qilishga harakat qilishadi va bu bizga katta muammo bo'ldi. Futbolchilarimga rahmat. Ular g'alabaga loyiq edi va ko'plab golli vaziyatlar yaratishdi. Vaziyatlarni golga aylantira olganimizda, o'yin yirik hisob bilan yakunlangan bo'lardi.

- Jamoangiz birinchi va ikkinchi taymni turlicha o'tkazdi. Nega Eron birinchi bo'limda faol o'yin ko'rsatmadi?

- Ha, fikringizga qo'shilaman. Birinchi taymda biroz o'yinimiz qovushmadi, lekin ikkinchi taymda yigitlar yaxshi o'ynashdi va g'alabani rasmiylashtirishdi. Keyingi uchrashuvlarda ham yigitlarni ikkinchi taymdagidek faol bo'lishga chaqiraman. Ikkinchi taymda yigitlarda motivaciya paydo bo'ldi va yigitlar shu sabab g'alabaga erishdi deb o'ylayman.

- 2-turda Vetnam jamoasi bilan to'qnash kelasizlar. Ular ham bugun g'alaba qozonishdi, 2-turda jamoadan nima kutsak bo'ladi?

- Birinchi uchrashuv muhim edi va biz g'alabaga erishdik. Oldimizda ikkita uchrashuv bor, keyingi uchrashuvda ham 3 ochkoga ega chiqish uchun borimizni beramiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика