Eron terma jamoasi FIFA kunlarida kichik turnirda ishtirok etadi
11 okt 2023 13:10
Yangiliklar
Eron terma jamoasi FIFA kunlarida kichik turnirda ishtirok etadi
Eron milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashiga tayyorgarlik doirasida Iordaniyadagi kichik turnirda ishtirok etadi.
Musobaqada Iordaniya va Erondan tashqari Qatar va Iroq terma jamoalari ham kuch sinashadi, ushbu juftliklar g'olibi esa hal qiluvchi bellashuvda maydonga tushadi.
Eslatib o'tamiz, eronliklar JCH-2026 saralashida O'zbekiston va Turkmaniston bilan bir guruhdan joy olgan. Uchinchi jamoa esa Gongkong — Butan uchrashuvi g'olibi bo'ladi.
Eron terma jamoasining Iordaniyadagi musobaqa uchun qaydnomasi:
Darvozabonlar:
Payam Niyazmand ("Sepaxan")
Alirizo Beyranvand ("Persepolis")
Hussayn Hussayni ("Istiqlol")
Himoyachilar:
Sodiq Muharrami ("Dinamo Zagreb", Xorvatiya)
Ehson Hojsafi (AEK, Greciya)
SHojae Halilzoda ("Traktorsozi")
Milad Muhammadi (AEK, Greciya)
Murtazo Puraliganji ("Persepolis")
Muhammad Daneshgar ("Sepaxon")
Ramin Rizoian ("Sepaxon")
Hussayn Kanaanizadegan ("Persepolis")
Amin Hazbavi ("Al Sadd", Qatar)
Yarim himoyachilar:
Said Izzatullohi ("Vele", Daniya)
Alirizo Jahonbaxsh ("Feyenoord", Niderlandiya)
Muhammad Mohebbi ("Rostov", Rossiya)
Saman G'oddos ("Brentford", Angliya)
Ruzbex CHeshmi ("Istiqlol")
Ahmad Nurullohi ("Al Vahda", BAA)
Muhammad Javad Hussaynnajod ("Sepaxon")
Hujumchilar:
Mehdi Taremi ("Portu", Portugaliya)
Sardor Azmun ("Roma", Italiya)
Karim Ansarifard ("Omoniya", Greciya)
Mehrdod Muhammadi ("Istiqlol")
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar