So’nggi yangiliklar

21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 21:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  7 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  37 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  11 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  3 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  13

Eron bilan o'yinga 10 kun qoldi. Tehrondagi g'alaba esingizdami? Yangiliklar

Eron bilan o'yinga 10 kun qoldi. Tehrondagi g'alaba esingizdami?

Teglar :  O'zbekiston MTJEron
14 noyabr, 2012 yil. "Ozodi" stadioni. 43.700 tomoshabin. Aynan shu sanada Tehronda Eron - O'zbekiston bahsi bo'lib o'tgandi.

JCH-2014 saralash bosqichidan o'rin olgan o'sha o'yinda ikkala jamoaga ham g'alaba zarur edi. Eron yutganida 90 foizga JCH yo'llanmasini hal qilar, biz g'alaba qozonsak guruhda birinchi o'ringa chiqib Janubiy Koreya bilan o'yinni kutardik.

Bu o'yin biz uchun Tehrondagi birinchi uchrashuv bo'lib, 1:0 hisobida g'alaba qozonganmiz. O'yindagi yagona gol 71-daqiqada Ulug'bek Baqoev tomonidan kiritilgandi.

Gol qanday bo'lgandi? Terma jamoamiz vakillari jarima to'pi tepish imkoniga ega bo'lishadi. To'p yoniga Server Jeparov yaqinlashadi va to'pni havolatib jarima maydonchasi ichiga uzatib beradi. SHunda Ulug'bek Baqoev hammadan birinchi to'pga etib kelib chap oyoqda bexato zarba yo'llaydi - GOL!!!



Yakunda mana shu birgina vaziyat o'yin taqdirini hal qiladi va O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Eronni mag'lub etadi. Mirjalol Qosimov shogirdlari Tehrondan o'ta muhim uch ochko bilan qaytishadi.

Keling, o'sha o'yindagi tarkibni yodga olamiz. Darvozani Ignatiy Netserov qo'riqlagandi. Himoyachilar - chap qanotdan boshlab Vitaliy Denisov, Artyom Filiposyan, Islom To'xtaxo'jaev, Akmal SHorahmedov. Yarim himoyachilar - Aziz Haydarov, Server Jeparov, Sanjar Tursunov, Fozil Musaev, SHoxruh Gadoev. Hujumda esa Ulug'bek Baqoev harakat qilgandi.

Zaxiradan tushgan futbolchilar: Oleg Zoteev, Aleksandr Geynrix, Islom Inomov.



Hozir yuqoridagi tarkibdan to'rt nafari Eron - O'zbekiston o'yiniga taklif etilgan. Bular - Ignatiy Nesterov, Aziz Haydarov, Server Jeparov va Aleksandr Geynrix. Uchrashuv qahramoni Ulug'bek Baqoev esa futbolchilik faoliyatini tugatib, bugungi kunda "Buxoro" bosh murabbiyi bo'lib ishlamoqda. Termaga chaqirilganlar orasida Marat Bikmaev, Temurxo'ja Abduxoliqov singari yaxshi hujumchilar bor. SHunday ekan, bugungi tarkibdan ham bemalol g'alaba kutsak bo'ladi.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика