So’nggi yangiliklar

10:55Лэмпард Чемпионшип жамоасини бошқаришга рози бўлди  1 10:45"Пахтакор" раҳбариятига таклиф: Қарс икки қўлдан чиқади. Черан клубни чиройли ва муносиб тарк этиши керак   8 10:28Анчелотти кечаги мағлубиятга изоҳ берди  26 09:53«Реал Мадрид» ЕЧЛ антирекордини ўрнатди  14 09:34EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум  7 08:58Sofascore. Кечаги учрашув учун "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  11 08:20Про лига. Бугун мавсумдаги сўнгги тур учрашувлари бўлиб ўтади  0 07:36EЧЛ турнир жадвали. «Ливерпул»да юз фоизли натижа. «Реал» 24-ўринда  32 03:42Небойша Йовович: "Насаф" бугун креативлик ва бўшлиқ яратишда оқсади. Биз эса интизомни сақлаб қолдик"  2 03:00ЕЧЛ. "Ливерпуль" "Энфилд"да "Реал Мадрид"ни ожиз қолдирди. Мбаппе муҳим паллада пенальтидан гол ура олмади  226 02:55ЕЧЛ. "Ювентус" ва "Астон Вилла" дуранг ўйнашди. "Боруссия Д"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  8 02:14Руд ван Нистелрой шу ҳафтанинг ўзида АПЛ клубида иш бошлайди!  0 00:50ОЧЛ-2. "Насаф" ўз уйида Қувайт клубига мағлуб бўлди, Комилов иккинчи голда қўпол хатога йўл қўйди  11 00:03"Бавария" Носир Ал Ҳелайфидан узр сўради  2 23:30ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" 0:2 ҳисобида орта бора туриб, якунда супер камбэк қайд этди. "Насаф" расман гуруҳда қолиб кетди  14

Ernesto Valverdeni "Barselona"da olib qolish uchun 4 sabab Yangiliklar

Ernesto Valverdeni "Barselona"da olib qolish uchun 4 sabab

Teglar :  Ernesto Valverde
"Atletik" sobiq ustozi Ernesto Valverdening "Barselona"dagi ishlari shunchalik yaxshi ediki, xatto klub muxlislari trebl haqida orzu qila boshlashdi.

Biroq, so'nggi 7 kun ichida ushbu umidlar yo'qqa chiqdi.

CHempionlar ligasi chorak final ilk o'yinida "Roma" ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g'alabadan so'ng, ko'pchilik Kataloniya klubi keyingi bosqichga osonlikcha chiqdi deb o'ylagan edi, ammo bunday bo'lgani yo'q. Rimdagi javob o'yinida italiyaliklar mo'jiza ko'rsatishdi va birinchi uchrashuvdagi natija hech narsaga arzimadi.

O'shandan beri "Barselona" ishqibozlari Valverdening noto'g'ri taktikasi, uni istefoga chiqarish haqida takidlashmoqda. Biz esa mutaxassisni haydab yuborish xatoligini isbotlovchi 4ta sababni etiboringizga havola qilamiz:


#4 Transfer bozorida yaxshi murabbiylar ko'p emas

"Barselona" muxlislari jamoaning bir necha kun avvalgi natijalaridan xafa bo'lishi mumkin, biroq ularda o'sish borligi fakt. Valverde jamoani yana oyoqqa turg'izmoqda.

Istefo ayni damda klub uchun yomon qaror bo'ladi, chunki hozir transfer bozorida yaxshi murabbiylar ko'p emas. Bundan tashqari, mutaxassislar bor bo'lsa ham "Barselona"dek klubni boshqargani bilan faxrlana olmaydi.

To'g'ri, Valverde ham Kataloniya klubiga kelishdan oldin bunday jamoada ishlamagan, biroq u Bilbaoning "Atletiki"da yaxshi natija ko'rsata olgan.

Boshqa klublardan farqli o'laroq "Barselona" rahbariyati murabbiy tanlashda katta ehtiyotkorlik bilan ish ko'radi. Jamoaga keladigan yangi mutaxassisning falsafasi klubga mos kelishi, uslubi jamoanikiga yaqin bo'lishi lozim.

Ayni damda "Barselona" DNKsi bor murabbiylar bozorda ko'p emas. SHu sababli mutaxassisni o'rinbosar yo'q paytda ishdan bo'shatishdan ko'ra, Valverdeni kamida yana bir yil jamoada olib qolish to'g'ri qaror bo'ladi.


#3 "Barselona" hali ham tiklanish davrida

Yoshi bir joyga etib qolgan Xaver Maskerano so'nggi yillarda "Barselona"ning asosiy himoyachilaridan biriga aylangan edi. Serxio Buskets esa avvalgidek o'yin ko'rsatmayapti, Andres Inestaning boshi jarohatlardan chiqmay qoldi.

Paulino transferi so'nggi bir necha yillikdagi eng yaxshi xaridlardan biri bo'ldi. Klub hozir avvalgi darajada emas, biroq asta-sekinlik bilan o'sha saviyaga qaytilmoqda.

Luka Din, Samuel Yumtiti va Nelson Semedo kabi futbolchilar tezda "Barselona"ning asosiy tarkibidan joy olishini kutmagan edi, biroq ushbu o'yinchilarning jamoaga ijobiy tasiri sezildi.

O'tgan mavsum "Real"ga etib olish uchun kurashgan klub bu futbol yilida 33ta turdan beri mag'lub bo'lmayapti. CHempionlar ligasida "Roma"ga mag'lub bo'lib, turnirni tark etish alamlidir, lekin "Barselona"dagi o'zining ilk yilida katta ishlarni bajardi, jamoani tiklashda hissa qo'shdi. SHunday ekan, unga yana bir yil ishlash imkoniyatini berish xato emas.


#2 Ikkita sovrin qo'lga kiritilgan mavsumni yomon deb bo'lmaydi

"Barselona"dagilarga doimo katta talablar qo'yiladi. "Atletiko" sobiq murabbiyi joriy mavsum "Barselona" bilan LaLigada juda yaxshi natijaga erishdi va yaqin haftalar ichida klub Ispaniya chempioniga aylanishi mumkin.

Bundan tashqari, kataloniyalik gigantlar Ispaniya Kubogida kurashni davom ettirishmoqda va jamoa mavsumni ikkita sovrin bilan yakunlashi mumkin. CHempionlar ligasidagi omadsizlikka qaramasdan, bu futbol yili "Barselona" uchun yaxshi keldi deyish xato bo'lmaydi.

Evrokubokdagi muvaffaqiyatsizlikda hamma Valverdeni ayblamoqda, ammo "Kamp Nou"ga ikkita sovrin kelishi bu aybni yuvib ketsa kerak.

Mavsumda 3ta sovrin yutish ideal natija bo'lar edi, ammo ko'pchilik joriy futbol yili oldidan kataloniyaliklar ikki frontda "Real"da yuqorida bo'lishini kutmaganligi aniq.


#1 To'g'ri xulosa

Valverde "Barselona"dagi ilk yilini yakunlamoqda va uni ikkita sovrin bilan tugatish ajoyib natija. Mutaxassis jamoani yanada kuchaytira oladi, buning uchun murabbiyda etarli darajada iqtidorli yoshlar bor.

Bundan tashqari, kelasi mavsum Filippe Koutino CHempionlar ligasida ishtirok etishi mumkin va bu jamoa natijalariga ham tasir qiladi.

Valverde bu mavsumdan to'g'ri xulosa chiqarib, yo'l qo'ygan xatolari ustida ishlashga ulguradi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика