Ernandes PSJga o'tishni xohlayotganini malum qildi
14 iyu 2023 10:24
Yangiliklar
Ernandes PSJga o'tishni xohlayotganini malum qildi
“Bavariya” himoyachisi Lukas Ernandes Myunxen klubiga PSJga o'tish istagini bildirdi.
Ernandes shartnoma tugashiga bir yil qolganda “Bavariya”ni tark etmoqchi. “Bavariya” rahbariyati futbolchini qo'yib yuborishga tayyor, faqat 60 million evro evaziga. PSJ yaqin orada bir qarorga kelishini malum qilgan.
2019 yilda Ernandes “Atletiko Madrid”dan “Bavariya”ga o'tgan edi. O'shanda nemislar futbolchi uchun 80 million evro to'lashgan. O'tgan mavsumda Lukas jarohati tufayli “Bavariya” safida barcha musobaqalarda bor yo'g'i 11 ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar