So’nggi yangiliklar

12:04"Манчестер Юнайтед" Онана бўйича қарор қабул қилди  0 11:24АПЛ клублари "Бавария" кўзлаган ўйинчини илиб кетмоқчи  0 10:49"Барселона"нинг икки нафар футболчиси турк клубига ўтиши мумкин  0 10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  8 09:55"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосарига 200 миллион евро тўлашга тайёр  0 09:27Флорентино Перес муддатидан аввал президентликдан кетмоқчи  9 09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  21 08:32Суперлига. Бугун "Динамо" учинчи ўринга кўтарилиб олиши мумкин  9 08:05Миср терма жамоаси устози кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  20 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун нимчорак финал йўлланмаси учун майдонга тушамиз  7 02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  12 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  4 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  6 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0

Ermatov va Imomxo'jaev qatnashgan seminarlarda nimalar sodir bo'ldi? Yangiliklar

Ermatov va Imomxo'jaev qatnashgan seminarlarda nimalar sodir bo'ldi?

O'FA matbuot xizmati 27 oktyabr tongida sportni yorituvchi barcha OAV vakillarini tashkilotning majlislar zalida o'tadigan anjumanga chorladi.

09:00 da boshlangan seminarda jurnalist va hakamlar ishtirok etdi. Unda Superliganing so'nggi turlarida sodir bo'lgan bahsli vaziyatlar ko'rib chiqildi va xulosalar eshittirildi. Munozaralarga sabab bo'lgan epizodlarni sobiq FIFA hakami, OFK instruktori Valentin Kovalenko chuqur tahlil qilib berdi. Xususan...

... "Navbahor" va "Bunyodkor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda Akobirxo'ja SHukrullaev "lochinlar" vakili Sardor Telyakovga qizil kartochka ko'rsatmay xatoga yo'l qo'ygani aytildi. O'sha kuni VARda ishlagan Firdavs Norsafarovga epizodni noto'g'ri tahlil qilgani hamda bosh hakamdan vaziyatga baho berishni so'ramay o'yin taqdiriga jiddiy tasir qiluvchi xatoga yo'l qo'ygani tushuntirildi.

"Andijon" - "Nasaf" uchrashuvida Ro'ziqul Berdievning jahlini chiqargan vaziyatda Aziz Asimovning to'g'ri qaror chiqargani tasdiqlandi.

"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvida birinchi penalti to'g'ri belgilangani aytildi.

"Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" uchrashuvida mezbonlarning ikkinchi golida offsayd yo'qligi takidlandi.

"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvida Firdavs Norsafarov ikkinchi penaltini belgilab, xato qilgani aytildi.

Malumot uchun, o'zi istamagan holda o'yin taqdirini o'zgartiruvchi xatoga yo'l qo'ygan Norsafarovga nisbatan intizomiy chora ko'rildi.

Seminar yakunida O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov sobiq hamkasblarini tanqid qilib, ularni o'z ustida ko'proq ishlashga chaqirdi: "CHoyxonaga borsang, yursang, ishing qolib ketadi. Men o'yingacha 3 kun uxlay olmasdim. Jamoalarni, futbolchilarni o'rganib chiqardim. O'yindan keyin ham to'liq uchrashuvni qayta ko'rib, o'z harakatlarimga baho bermasam, uyqu kelmasdi. 

Hozir top darajadagi hakamlarimiz yo'q. Xafa bo'lishmasin, buni yuzlariga aytaman. CHunki hech kim o'zini kerakli darajada qiynamayapti, ustida ishlab, tahlilga ko'p kuch sarflamayapti"...

SHundan keyin sport jurnalistlari amaliy mashg'ulotga taklif qilindi, ko'ngillilar o'zlarini hakamlikda sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Kunning 2-qismida esa O'FA taklifiga ko'ra O'zbekistonda bo'lib turgan “Hawk-Eye” kompaniyasi dasturiy menejeri Artyom Kulajskiy ishtirokida seminar bo'lib o'tdi. Bunda VAR tizimidan to'g'ri foydalanish mavzusida suhbat uyushtirildi va futbolni translyaciya qiluvchi telekanallar xodimlariga kerakli maslahatlar berildi. 

SHuningdek, futbol mutasaddilari VAR tizimi faoliyatini takomillashtirish uchun texnik imkoniyatlarni yaxshilash ustida fikr almashishda. Uzoq davom etgan muhokamada O'FAdan Ravshan Ermatov, Jahongir Saidov va Erkin Baxtiyarov seminar ishtirokchilari va Artyom Kulajskiy bilan fikr almashishdi.

Diyor Imomxo'jaev boshchiligida tashrif buyurgan O'zPFLning katta jamoasi bu borada oldinga qadam tashlash uchun o'z takliflarini bildirdi. Muhokamalarda ayniqsa L. Qo'chqorov faolligi bilan ajralib turdi. 

Xullas. 15:00 ga yaqin 2-seminar ham yakuniga etdi va ko'pchilik O'zbekiston bilan Saudiya Arabistoni olimpiya jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun yo'l oldi.

Muallif :
Reyting: -32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика