So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  5 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Ermatov shu yil Jahon chempionatida ishlaydi Yangiliklar

Ermatov shu yil Jahon chempionatida ishlaydi

Xabaringiz bor, shu yilning 6-16 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Dubay shahrida Klublar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

FIFA tashkilotidan kelgan chaqiruv xatiga ko'ra, ushbu musobaqada FIFA referisi Ravshan Ermatov  boshchiligida o'zbekistonlik hakamlar brigadasi ish olib boradi. Ermatovga musobaqa davomida qanot hakamlari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.

14 noyabr kuni Kambodjaning Pnompen shahrida Osiyo Kubogi-2019 saralashidan o'rin olgan Kambodja va Iordaniya terma jamoalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi. Mazkur o'yinni FIFA referisi Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Andrey Capenko yordam berishadi. To'rtinchi hakam vazifasini Dmitriy Pislegin bajaradi.

SHuningdek, 4-8 noyabr kunlari Qatar davlatida bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionati saralashi “S” guruhidan o'rin olgan  uchrashuvlarda yana bir FIFA referisi Aziz Asimov qanot hakami Husniddin SHodmonov bilan birgalikda ish olib boradi.

4-8 noyabr kunlari Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o'tkaziladigan U-19 Osiyo chempionati saralashi “I” guruhidan o'rin olgan  uchrashuvlarda esa FIFA referisi SHerzod Qosimov qanot hakami Timur Gaynullin bilan ishlaydi.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика