Ermatov OCHL tufayli O'zbekiston kubogi chorak finalida ishlay olmaydi
16 sen 2018 21:52
Yangiliklar
Ermatov OCHL tufayli O'zbekiston kubogi chorak finalida ishlay olmaydi
Jumladan, 17 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan Osiyo chempionlar ligasidan o'rin olgan “Persipolis” (Eron) – “Al Duxail” (Qatar) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashevlar darvoza ortidagi hakamlar etib tayinlangan bo'lsa, Husniddin SHodmonov zahira hakami vazifasini bajaradi.
18 sentyabr kuni esa “Al Jazira” (Iordaniya) – “Eir Fors Klub” (Iroq) o'rtasidagi o'yinni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi. Yordamchi hakamlar Ruslan Serazetdinov va Alisher Usmonov. SHerzod Kosimov esa zahira hakami etib tayinlangan.
Ravshan Ermatov jamoasi yurtimizga 19 sentyabr kuni qaytib kelishi sababli kubok bahslarini boshqara olmaydi.
Fikrlar