Erik ten Xag: "Reshford yaxshi holatda emas"
11 noy 2023 00:51
Yangiliklar
Erik ten Xag: "Reshford yaxshi holatda emas"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Markus Reshfordning holatidan mamnun emasligini aytdi.
Reshford ECHLning 4-turida "Kopengagen"ga qarshi o'yinda hisob 2:0 bo'lib turgan vaqtda qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Yakunda jamoasi 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
"U norozi, biz ham. U o'zidan ko'prog'ini kutgandi, biroq hozir u o'zining eng yaxshi holatida emas. U hali qaytishini bilaman, yaxshiroq o'ynay olishini va gollar urishini kutyapman. Bunga ishonaman. Markus hali o'z o'yinini yaxshilay oladi.
U barchasini tushunib turibdi va hali to'g'ri yo'lga tushib oladi. Bu balki kutganimizdan tezroq bo'lar. Bazida jamoaning ochilib ketishi uchun birgina o'yin kerak bo'ladi. Ishonaman, hali shunday qila olamiz", - dedi Erik ten Xag.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar