Erik ten Xag: "Bu biz istayotgan o'yindan anchagina yiroqda"
22 okt 2023 11:33
Yangiliklar
Erik ten Xag: "Bu biz istayotgan o'yindan anchagina yiroqda"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag APL doirasida "SHeffild"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Premer-ligada barcha o'yinlar qiyin o'tadi. Termalarida boshqacha sxemada o'ynaydigan futbolchilar klublarida yana o'zlariga kelib olishlari kerak bo'ladi.
Birinchi bo'limdagi o'yinimiz zo'r bo'lmadi, bu biz istayotgan o'yindan anchagina yiroqda. Gol urdik, biroq bundan keyin hisobni ushlab tura olish uchun etiborliroq bo'lishimiz kerak edi, afsuski biz tashabbusni topshirib qo'ydik.
Tanaffusda yigitlarga g'oliblik yo'lini topa olishimizni aytdim, ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'yin ko'rsata oldik. Skott Maktomini - zo'r jangchi, u kerakli paytda hujumga o'tdi va gol urdi", - dedi ten Xag.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar