Erik ten Xag 2019 yilda Krishtianu Ronaldu haqida nima degandi?
11 apr 2022 19:10
Yangiliklar
Erik ten Xag 2019 yilda Krishtianu Ronaldu haqida nima degandi?
Niderlandiyalik murabbiyga qattiq pressing qilishga tayyor bo'lgan baquvvat, mehnatkash o'yinchilar kerak - bazilar Ronaldu bu talablarga javob bermaydi, deb hisoblaydi.
Biroq Ten Xag so'nggi bor Ronaldu bilan 2019 yilgi CHempionlar ligasi chorak finalida to'qnash kelganida, u iliq so'zlardan boshqa lom-mim demadi.
"Ronaldu ham bizga qarshi o'yinda maydonga tushsa soz bo'ladi, deb o'ylayman. Biz eng yaxshi raqiblarga qarshi o'ynashni istaymiz. Albatta, bu raqiblarga qarshi maydonga tushish murakkab, biroq biz qiyinchiliklarni engib o'tishni yaxshi ko'ramiz. Ronaldudek o'yinchi bilan raqobatlasha olish ajoyib jarayon".
O'shanda Ten Xag boshchiligidagi "Ayaks" jamoasi safardagi javob o'yinida "Yuventus"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, CHempionlar ligasi yarim finaliga yo'l oldi.
O'sha voqeadan so'ng oradan 3 yil o'tdi, shu bois Ten Xag kelasi mavsumda "Old Trafford"da to'p tepadigan klubni qabul qilib olsa, Krishtianuni o'z jamoasiga moslashtiradimi yoki yo'qmi, buni vaqt ko'rsatadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar