So’nggi yangiliklar

17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  0 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  4 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  2 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  3 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:18Валерий Седунов вафот этди  1 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  1 13:22"Айнтрахт" Беллингемга кўз тикди  8 12:56"Манчестер Сити" икки футболчи учун 180 млн фунт сарфлайди  18 12:29Камолиддин Тожиев: "Педро Морейра клубдан кетдими? Раҳбариятдан сўраганингиз маъқул"  9 12:26"Насаф"нинг Қўқондаги ғалабали ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:52Криштиану Роналдунинг ўғли финалда дубль қайд этиб, Португалияга ғалаба келтирди  17

Epoxa tugadi Yangiliklar

Epoxa tugadi

“Real Madrid” kecha tunda sharmandali tarzda mag'lubiyatga uchratildi.

“Qirollik klubi”ning mag'lubiyati bo'yicha turli xil farazlar bor. Kimdir raqib o'ta kuchli edi desa, yana kimdir murabbiyning noto'g'ri taktikasini sabab qilib ko'rsatmoqda. Voqelikka oddiyroq, real ko'z bilan qaralsa masalaning asl mazmuni butunlay boshqa ekanligini bilish qiyin emas. Madrid grandida shunchaki qayta qurish vaqti keldi. Jamoa asosini tashkil qilgan detallar eskirdi.

Yarim himoyadagi muammolar.

SHubhasiz, Modrich, Kazemiro va Kroos uchligi futbol tarixidagi eng kuchli «trio»lardan biri (ehtimol eng kuchlisidir). Jamoada Kazemirodan keyin hosil bo'lgan bo'shliq haligacha to'ldirila olinmayapti. Kroos faoliyatimni yakunlayman deganiga ham bir yil bo'ldi, Luka ham ikki kam qirqga kirdi. Daholar futbol IQlari evaziga hali ham ko'p narsaga qodir ammo jismoniy tomonlama etilgan 25, 26 yoshli ukalariga qarshi turishning o'zi bo'lmayapti. «Siti»ga qarshi o'yinda Modrichning bir necha bor xatolarga yo'l qo'yganini ko'rdik, Toni bilan ham shunday vaziyat. Ular maydondan olingach vaziyat yanada yomonlashdi, jamoa «miya»siz harakat qilishni boshladi. Markazda harakat qilayotgan Kamavinga, Valverde, Tchuameni shunchaki nima qilishni bilmay qolishdi. «Siti» bilan o'yindan so'ng Jud Billingemning transferi yanada tezlashadi, Peres yana ishga kirishishga majbur.


Hujumdagi muammolar.

Kechagi o'yinda “qirollik klubi”ning old chizig'idagi bog'lamlar deyarli ishlamadi. So'nggi o'yinlar shuni ko'rsatdiki bugungi «Real»ning hujumi etakchisi Vinisius Junior. Karim Benzema atrofida qurilgan sxemaning foydali ish koefficienti kamayib ketdi. Amaldagi “oltin to'p” sohibining jismoniy holati top darajadagi o'yinlarga bardosh berishi tobora so'roq ostida qolmoqda. Klub zaxirasida yuqori darajali hujumchilarning yo'qligi Benzemaning o'yinlari chiqmaganda pand berishi aniq edi va bu hodisa kecha tunda sodir bo'ldi. Bugungi kunda jamoaning hujumdagi natijalari Vinisiusning kayfiyatiga bo'gliq bo'lib qolgani old chiziq ham «rekonstrukciya»ga muhtojligidan darak.


O'ziga kelayotgan himoya qo'rg'oni.

Bugungi kunda nisbatan stabil o'yin namoyish qilayotgan va qayta qurish anchayin tugallangan qism aynan himoya chizig'idir. So'nggi yillarda bir qator saviyali himoyachilar olib kelindi va ular jamoaga adaptaciya qilindi. Ammo bu erda ham savollar bor. Xususan chap qanot himoyasi haligacha mavhum holatda qolmoqda. Anchelotti bu nuqtada Kamavingani majburan o'ynatayotganiga shubham yo'q.

Umuman olganda jamoa so'nggi «dekada»da shakllandi va barcha musobaqalarda g'olib chiqdi. Bugungi «Real» o'sha 10 yil avval shakllangan jamoaning impulsi bilan to shu erga qadar etib keldi, Buyog'iga richaglar ishdan chiqishni boshladi. Tezda chora ko'rilmasa jarlik tomon qulash davri boshlanadi.


 

Po'lat Qalandar hikoya qiladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика