So’nggi yangiliklar

09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  0 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  1 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  0 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  1 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  3 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  10 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  3 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  5 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  13 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  36 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

Eplmanager.com: 8-turda kimni sardor qilish kerak? Yangiliklar

Eplmanager.com: 8-turda kimni sardor qilish kerak?

Ertaga Angliya premer-ligasida 8-tur o'yinlari start oladi.

Ushbu turdan Eplmanager.com saytida "October league" ham ishga tushadi. Ushbu ligada 10ta sovg'a o'ynalmoqda. Batafsil malumot.

Ishtirokchilarga 8-turda kimlarni sardor qilish kerakligi haqida maslahat beramiz.

XARRI KEYN

Sentyabr oyi boshidan buyon klub va terma jamoa safida 15ta gol urishga erishgan hujumchiga bo'lgan talab juda yuqori. U o'tgan turda "Xaddersfild"ga qarshi o'yinda ikkita gol urgandi. "Tottenxem" o'z uyida "Bornmut"ni qabul qiladi va Keyndan yana gol yoki gollar kutib qolamiz. Agar sizga Keyn yoqmasa uning jamoadoshi Kristian Eriksen varianti ham bor.



ROMELU LUKAKU

Agar bu turda "Manchester Yunayted" safarda "Liverpul"ga qarshi o'ynamaganida Lukakuni birinchi nomzod sifatida yozgan bo'lardik. Sababi o'tgan 7ta turda 7ta gol urgan Lukaku yangi klubda o'zini juda yaxshi his qilmoqda. Biroq raqib kuchli bo'lsa ham Lukakuni sardor qilish mumkin. Sababi Yurgen Klopp jamoasining himoyasida muammolar juda ko'p.


GABRIEL JEZUS

"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero jarohat tufayli bu o'yinda maydonga tusha olmaydi. SHu bois braziliyalik Gabriel Jezusni olib sardor qilishingiz mumkin. U klubi safida oxirgi 4ta o'yinda 4ta gol urishga erishdi. Jezus Braziliya terma jamoasi safida ham gol urib Angliyaga qaytdi. "Siti" safida Leroy Sane va Rahim Sterling ham yaxshi ochko olishlari mumkin.



EDEN AZAR

Jarohat tufayli mavsum boshini o'tkazib yuborgan belgiyalik futbolchini og'riqlar boshqa bezovta qilmayapti. U FIFA kunlaridan oldin "CHelsi" safida bir-ikkita o'yinda maydonga tushdi. Belgiya safida so'nggi bahsda ikkita gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. "Aristokratlar" bu turda APL autsayderi bo'lgan "Kristal Pelas" mehmoni bo'ladi. Azarning gol urishi va golli pas berish imkoniyatlari juda yuqori.



ALEKSIS SANCHES

"Arsenal" ushbu tur safarda "Uotford" mehmoni bo'ladi. CHili terma jamoasidan yomon kayfiyatda qaytgan Sanches endi bor etiborini klubga qaratishi turgan gap. Balki u bor alamini aynan "Uotford"dan olar. Aleksis o'tgan turda APLda eng ko'p zarba bergan (7ta) futbolchi bo'lganini ham eslatib o'tish kerak.



JEYMI VARDI

"Lester"ning ushbu mavsumdagi ishlari yurishmayotgandi. Ammo raqiblar juda kuchli edi. Bu turda jamoa o'zi bilan deyarli teng bo'lgan "Vest Bromvich"ni qabul qiladi. Vardi oldingi 7ta o'yinda raqib darvozasiga 5ta gol urishga erishdi. 8-turda ham hujumchidan gol kutishimiz mumkin.



Eplmanager.com: Ertaga dedlayn

Siz kimni sardor qilasiz?

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика