So’nggi yangiliklar

01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  0 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   4 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  3 23:45Миллатлар лигаси. Греция, Австрия ва Норвегия жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  5 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  7 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  12 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12

EPL Manager: Premer-liga 7-turining sharhi Yangiliklar

EPL Manager: Premer-liga 7-turining sharhi

O'tgan hafta oxirida Angliya Premer-ligasining 7-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Tur "Tottenxem" - "Xaddersfild" uchrashuvi bilan boshlandi. Liga debyutanti mavsumni yaxshi boshlagan bo'lsada, yirik mag'lubiyatdan qutila olmadi. 23-daqiqada hisob yiriklashib ketdi. Garri Keyn 9-daqiqada hisobni ochdi. Etti daqiqa o'tib "shporlar" Devisning zarbasidan so'ng hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirishdi.Birinchi bo'lim o'rtasida Keyn yana gol urib, hisobni yiriklashtirdi. To'rtinchi gol 90-daqiqada Mussa Sissoko tomonidan urildi.


"Stok Siti" va "Sautgempton" o'rtasidagi o'yinda mezbonlarning omadi chopdi. Mark Xyuz jamoasi mavsumni yaxshi boshlay olmadi va ularga g'alaba juda muhim edi. 40-daqiqada mezbonlar Diufning goli bilan hisobni ochishdi, ammo "avliyolar" 75-daqiqada Yoshidaning goli yordamida hisobni tenglashtirishdi. O'n daqiqa o'tib Piter Krauch o'yinga nuqta qo'ydi. G'alaba "Stok"ni turnir jadvalida 13-o'ringa olib chiqdi. "Sautgempton" bir pog'ona tepada.

"Vest Bromvich" hamda "Uotford" o'rtasidagi uchrashuv dramatik ko'rinish oldi. Rondon birinchi bo'limning 18-daqiqasida hisobni ochdi, 21-daqiqada esa Jonni Evans hisobdagi ustunlikni oshirdi, ammo mehmonlar bu og'ir vaziyatdan chiqib keta olishdi. Avvaliga Dukure 37-daqiqada hisobni qisqartirdi, keyin 90-daqiqada Risharilson hisobni tenglashtirdi. 2:2 hisobidagi durang "Uotford"ga birinchi o'nlikda kurashni davom ettirish imkoniyatini saqlab qoldi.

CHempionatning etakchilaridan biri bo'lgan "Manchester Yunayted" o'z maydonida autsayder "Kristal Pelas"ni qabul qildi. Londonliklar o'z bosh murabbiyini haydab yuborishdi, klub esa mavsum boshidan beri birorta gol urgani yo'q. Ko'pchilik yirik hisobdagi o'yin bo'lishini kutgan edi. Mata 3-daqiqadayoq hisobni ochdi, keyin 34-daqiqada Fellayni hisobni 2:0 ko'rinishiga olib keldi. Ikkinchi bo'limda Fellayni va Marsyalning gollari mankuninalarga navbatdagi yirik g'alabani taqdim etdi.

"Bornmut" va "Lester Siti" o'rtasidagi uchrashuv gollarsiz yakunlandi. Mezbonlar xavfli zonada, "tulkilar" esa 17-o'rinni "Suonsi" bilan bo'lishib turibdi.

"Vest Xem" - "Suonsi Siti" uchrashuvi muxlislarga bor-yo'g'i 1ta gol taqdim etdi. Diafra Sakoning 90-daqiqadagi goli "bolg'aurarlar"ga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.

SHanba kunining markaziy uchrashuvi "Stemford Brij"da bo'lib o'tdi. "CHelsi" bu turda "Manchester Siti"ni qabul qildi. Kurash va vaziyatlarga boy bo'lgan bahsda bitta gol urildi. "SHaharliklar"ning belgiyalik yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne urgan gol "Manchester Siti"ga navbatdagi g'alabani qo'lga kiritishda asosiy rolni o'ynadi.


Yakshanba kungi bahslarni "Arsenal" - "Brayton" uchrashuvi ochib berdi. Mavsumni yaxshi boshlay olmagan "to'pchilar" o'z formasini tiklab bormoqda. CHempionat va Evropa ligasidagi g'alabalardan so'ng ular Premer-liganing yangi ishtirokchisini sinovdan o'tkazishdi. Monreal va Ivobilarning gollari "Arsenal"ga navbatdagi 3 ochkoni olishda yordam berdi. Venger jamoasi "CHelsi"ga etib oldi.

"Everton" 7-turda "Byornli" bilan kuch sinashdi. "Irislar" mavsum boshidan beri muxlislarini xafa qilib kelishmoqda va bu safar ham raqibga taslim bo'lishdi. Xenrikning yagona goli "Everton"ni mag'lub etish uchun etarli bo'ldi. "Byornli" oltinchi o'ringa ko'tarildi.

Tur "Nyukasl" va "Liverpul" o'rtasidagi uchrashuv bilan yakunlandi. Yurgen Klopp jamasi yana g'alaba qozona olmadi. Koutino 29-daqiqada hisobni ochdi, Xoselu esa 36-daqiqada muvozanatni tikladi. Bunday hisob o'yin oxirigacha saqlanib qoldi.

7-turning eng ko'p ochko yiqqan futbolchisi "Tottenxem" himoyachisi Ben Devis (15 ochko) bo'ldi!


Bu turda ikki foydalanuvchi eng ko'p ochko yig'ishga muvaffaq bo'lishdi: manchester (O'zbekiston) va นายขนมกรุบ (Tailand).


Open Championship Asia sovrinli ligasida raqobat juda kuchli. Vetnamdan Giang Giang jamoasi 304 ochko bilan birinchi o'rindi.

1. Giang Giang - 304 ochko

2. Plfc - 301 ochko

3. zafarirs - 298 ochko

8-10 o'rinlardagi jamoalar liga etakchisidan 12 ochko orqada.



EPLManager.com saytiga kiring, ro'yxatdan o'ting va qimmatbaho sovg'alarni yutib oling!

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика