Entoni Xadson: "O'zbekistonni chiroyli g'alaba bilan tabriklayman"
08 sen 2014 21:11
Yangiliklar

Entoni Xadson: "O'zbekistonni chiroyli g'alaba bilan tabriklayman"
O'zbekiston - Yangi Zelandiya (3:1) o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Entoni Xadson ishtirok etdi.
"O'zbekiston bugun juda yaxshi o'ynadi. Men birinchi o'yinda jamoamni maydonga olib tushgandim, bu katta maktab bo'ldi. Raqib ilk daqiqalardanoq ajoyib o'ynadi. O'z nomimdan terma jamoaingizni chiroyli g'alaba bilan tabriklayman", - deb gap boshladi Xadson.
- Jamoamiz juda yosh futbolchilardan tashkil topgan. SHu bois jismoniy jihatda raqibga yutqazib qo'ydi. Buni ustida ishlayapmiz, albatta bunga o'rtoqlik uchrashuvlari kerak bo'ladi.
- Oldinda hali ko'p ish kutib turibdi. Aytib o'tdim, ilk o'yinim edi. Jamoa endi-endi shakllanib boradi.
- Bugungi o'yin kamchiliklarimizni ko'rsatib berishi kerak edi. SHu bois ham o'rtoqlik o'yinlari kerak.
- Bugun O'zbekistonda barcha birdek yaxshi o'ynadi. Hayron qoldirgan jihat zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ham o'yindan uzilib qolishmadi. Yangi Zelandiya aynan shu narsaning yo'qligi tufayli JCH-2014ga chiqa olmagandi. Yani bizda zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytiradigan futbolchi yo'q edi.
- Biz o'z o'yinimizni namoyish etishga urindik, biroq O'zbekiston boshidanoq tezkor o'yin ko'rsatib bunga imkon bermadi. Xuddi Avstraliyaga o'xshab Osiyoga o'tish borasida gap so'zlar bor edi, ammo bugungi o'yin ko'rsatib berdiki agar biz Osiyoga o'tganimizda ham O'zbekiston bizga jiddiy raqib bo'lishini ko'rsatib qo'ydi.

Fikrlar