Enner Valensiya: “Orzum amalga oshdi. Niderlandiya bilan o'yinda ham qatnashishimga umid qilaman”
21 noy 2022 09:15
Yangiliklar
Enner Valensiya: “Orzum amalga oshdi. Niderlandiya bilan o'yinda ham qatnashishimga umid qilaman”
JCH-2022 ilk turi doirasida Qatarga qarshi ochilish uchrashuvida qahramonga aylangan Ekvador TJ forvardi Enner Valensiya o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.
U bahsda dublga erishdi va jarohati tufayli 77-daqiqada zaxiraga olindi.
“SHifokorlar menga baho berishadi, ammo Niderlandiyaga qarshi ikkinchi o'yinda maydonga tushishga umid qilaman.
Qura tashlanganidanoq ushbu o'yinda qatnashishni orzu qilardim. Debyut o'yin ishtirok etishdi va uni yutishni orzu qilardim va bu amalga oshdi. Bunday uchrashuvlarda har bir daqiqa qadrlidir. Dastlabki ikki golni urishga erishdik va bu bizga vaziyatni qo'lga olishimizga imkon yaratdi”, deydi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi.
Eslatib o'tamiz, ekvadorliklar 2-turni 25 noyabr kuni (21:00) Niderlandiyaga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar