So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

Eng qimmat o'zbek darvozaboni haqida Yangiliklar

Eng qimmat o'zbek darvozaboni haqida

Bugun O'zbekiston terma jamoasi hamda Toshkentning "Paxtakor" klubi posboni Eldor Suyunov to'g'risida siz etibor qilmagan bir qator qiziqarli faktlarni keltiramiz.

1. 1991 yilda tug'ilgan futbolchi "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 

2. "Nasaf"dagi o'yinlari orqali futbol ommasiga tanilgan darvozabon 9 yildan beri O'zbekiston terma jamoasi azosi hisoblanadi.

3. U milliy jamoa libosidagi debyutini 2013 yilning oktyabrida nishonlagan edi (Mirjalol Qosimov davrida).

4. Suyunov 2014-15 yillarda "Lokomotiv"dan ajoyib takliflar olsa-da, Toshkent klubiga o'tmagan.

5. Eldor 2016 yilgi mavsumni "Bunyodkor"da boshlashga juda yaqin kelgan edi. Lekin Ro'ziqul Berdievning birgina iltimosi tufayli maosh kamligiga qaramay Qarshida qoldi. U chempion bo'lishni juda istardi. Biroq, "ajdarlar" oldiga jiddiy vazifa qo'yilmaganidan keyin kelasi yilning yozida Toshkentga ko'chib o'tdi.

6. Eldorbek Suyunov o'zbek futboli tarixidagi eng qimmat golkiper hisoblanadi. "Paxtakor" uning uchun "Nasaf"ga 2017 yilning iyulida 1 mlrd so'm to'lagan. 

7. 2022 yilga kelib, Suyunovning aktividagi sovrinlar 11 taga etdi:

OFK kubogi — 2011

O'zbekiston kubogi — 2015, 2019, 2020

O'zbekiston Superkubogi — 2016, 2021, 2022

O'zbekiston chempioni — 2019, 2020, 2021 

O'zbekiston Liga Kubogi — 2019

8. U 2019 yilda legionerga aylanishi mumkin edi. Aniqrog'i, Eldorga Eron Superligasidan jiddiy taklif bo'lgan, ammo SHota Arveladze futbolchining "Paxtakor"da qolishini istadi.

9. Bugunga qadar "sherlar" libosini 88 uchrashuvda kiygan posbon 47 bahsda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

10. U oiladagi yagona futbolchi emas. "Nasaf" U-21 jamoasi darvozasini qo'riqlayotgan SHahzodbek Suyunov Eldorning tug'ishgan ukasi hisoblanadi.

11. "Nasaf"da o'ynab yurgan chog'lari Babayan bilan janjallashib qolgan. Samvel Vyacheslavovich milliy jamoa boshiga kelganidan keyin Eldor bilan alohida uchrashuvib, iliq munosabatlarni qayta tiklagan.

12. Suyunovning futbol olamidagi eng yaqin do'stlari SHerzod Azamov, Farruh Sayfiev va SHuhrat Muhammadiev hisoblanadi.

13. "Tesla"da yuradi. Mazkur kompaniya elektromobilidan foydalanishni boshlagan birinchi o'zbek futbolchisi hisoblanadi.

14. U 2022 yilgi mavsum avvalida 33-raqamdan foydalanishni boshladi. Bunga sabab "Paxtakor" rahbariyati 25-raqamni Odil Ahmedov sharafiga abadiy "muzlatib" qo'ygani bo'ldi. 

15. Nihoyat, oxirgi fakt: Eldorbek Suyunov bugun 31 yoshga to'ldi. 

Terma jamoamiz kiperini tug'ilgan kuni bilan tabriklab, uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz!

mutolaa uchun: Tarixda ilk bor... 

Muallif :
Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика