Endrikni to'xtatib bo'lmayapti! Braziliyalik yulduz "Lion"ni chorak finalga olib chiqdi
05 fev 02:38
Yangiliklar
Endrikni to'xtatib bo'lmayapti! Braziliyalik yulduz "Lion"ni chorak finalga olib chiqdi
Franciya Kubogi 1/8 finali doirasidagi "Lion" hamda "Laval" jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi.
Madridning "Real" klubidan ijaraga olingan Endrik yangi jamoasida gol urishdan charchamayapti.
"Grupama" stadionida kechgan bahs tafsilotlari:
O'yinning 80-daqiqasida Endrik hisobni ochdi.
90+4-daqiqada esa portugaliyalik Afonsu Moreyra yakuniy nuqtani qo'ydi — 2:0.
Dahshatli statistika: Endrik qishki transfer oynasida "Lion"ga o'tganidan so'ng barcha musobaqalarda 5 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. Braziliyalik vunderkind har o'yinda samarali harakat amalga oshirmoqda!
Shu tariqa, "Lion" chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bugun, 5 fevral kuni 1/8 finalning so'nggi bahsida "Strasburg" va "Monako" jamoalari to'qnash kelishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar