So’nggi yangiliklar

00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  0 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  1 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  2 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  2 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1

Endi jadvalning quyi qismida ham kurash qizg'in kechadi Yangiliklar

Endi jadvalning quyi qismida ham kurash qizg'in kechadi

Oliy ligada keyingi yil 12ta jamoa bo'lishi haqidagi xabar chiqqanidan so'ng jadvalning pastki o'rinlarida borayotgan jamoalar ancha qimirlab qolgani rost.

Endilikda nafaqat ikkinchi o'rin, balki oliy ligada jon saqlab qolish uchun kurash qizg'in kechadi. Ayniqsa, "Qizilqum", "Dinamo, "So'g'diyona", "SHo'rtan" va "Neftchi" klublari uchun bundan keyin har bir bahs finalga teng bo'ladi. 

O'FFning to'satdan 12ta jamoalik format bo'yicha qarorga kelgani alohida masala. Tez orada bunga ham atroflicha to'xtalamiz. Hozir esa 11-15 o'rinlarda borayotgan klublarning keyingi to'rtta o'yiniga etibor bergan holda imkoniyatlarni chamalab ko'ramiz. 

11-o'rin. "Qizilqum". 30 ochko
Hozircha "Qizilqum" "xavfli zona"da emas, lekin jamoa ketma-ket o'yinlarni yutqazishda davom etaversa, oliy liga bilan xayrlashib qolishi mumkin. Qolaversa, bu jamoa ikkinchi davrada o'zini ko'rsata olmayapti. "Qizilqum" qolgan to'rtta bahsdan ikkitasini uyda, yana ikkitasini safarda o'tkazadi. Jamoaning ayniqsa "Dinamo"ga qarshi bahsi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Jamoaning keyingi uchrashuvlari: 
27-tur. "Qizilqum" - "Dinamo"
28-tur. "Mashal" - "Qizilqum"
29-tur. "Qizilqum" - "Metallurg"
30-tur. "SHo'rtan" - "Qizilqum"

12-o'rin. "Dinamo". 29 ochko
"Dinamo"ni 11-o'rindagi "Qizilqum"dan atigi bir ochko ajratib turibdi. Demak, navbatdagi turda navoiylik muxlislar juda ajoyib bellashuv guvohiga aylansalar kerak. SHuningdek, bu o'yinga Samarqanddan ham muxlislar borishi mumkin. "Dinamo" uchun keyingi turdagi "Neftchi" bilan bahs ham etiborga molik o'yinlardan biri bo'ladi. 

Jamoaning keyingi uchrashuvlari: 
27-tur. "Qizilqum" - "Dinamo"
28-tur. "Dinamo" - "Neftchi"
29-tur. "Dinamo" - "Lokomotiv"
30-tur. "Mashal" - "Dinamo"

13-o'rin. "So'g'diyona". 28 ochko
Albatta, "So'g'diyona"ga ham qiyin, lekin jamoa 11-o'rindagi "Qizilqum"dan atigi ikki ochko ortda bormoqda. Demak, hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Bundan keyin jizzaxliklar uchun ham har bir bahs finaldek o'tadi. Ularning birinchi finali shu turda "Paxtakor"ga qarshi kechadi. 

Jamoaning keyingi uchrashuvlari: 
27-tur. "So'g'diyona" - "Paxtakor"
28-tur. "Navbahor" - "So'g'diyona"
29-tur. "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912"
30-tur. "Buxoro" - "So'g'diyona"

14-o'rin. "SHo'rtan". 23 ochko
"SHo'rtan"da uch ochko bor, chunki jamoaga "Obod" bilan o'tkazilmaydigan o'yin uchun texnik g'alaba yoziladi. Lekin baribir qolgan o'yinlarda g'uzorliklarga qiyin bo'ladi. Balki O'FF bu klubni legionerlarga vaqtida maosh to'lamagani uchun FIFA qaroriga binoan birinchi ligaga tushirib yuborishi mumkin. Hammasini vaqt ko'rsatadi. 

Jamoaning keyingi uchrashuvlari: 
27-tur. "Olmaliq" - "SHo'rtan"
28-tur. "SHo'rtan" - "Nasaf"
29-tur. "Obod" - "SHo'rtan"
30-tur. "SHo'rtan" - "Qizilqum"

15-o'rin. "Neftchi". 23 ochko
"Neftchi" ham "SHo'rtan" bilan bir xil ochko to'plagan. Farg'onaliklar uchun bu mavsum juda og'ir o'tmoqda va mavsum oxiriga kelib nima bo'lishini aytish qiyin. "Neftchi" bu turda dastlab "Lokomotiv" sinovidan o'tadi. SHuningdek, bu jamoaning safarda "Dinamo" bilan kechadigan bahsi ham muhim rol o'ynaydi. 

Jamoaning keyingi uchrashuvlari: 
27-tur. "Neftchi" - "Lokomotiv"
28-tur. "Dinamo" - "Neftchi"
29-tur. "Neftchi" - "Mashal"
30-tur. "Metallurg" - "Neftchi"

X.Xoliqov. 


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика