So’nggi yangiliklar

10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  0 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  0 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  0 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  3 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  7 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  2

Eminov, Abduqodirov va bir qator futbolchilar "Qo'qon-1912" bilan shartnoma tuzdi Yangiliklar

Eminov, Abduqodirov va bir qator futbolchilar "Qo'qon-1912" bilan shartnoma tuzdi

Yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichining ikkinchi qismini Toshkentda o'tkazgan “Qo'qon-1912” bugun yig'inni yakunladi.

Poytaxtda mashg'ulotlar bilan birga sinov-nazorat uchrashuvlarini ham tashkil etgan jamoamiz, shundan kelib chiqib ayrim futbolchilar bilan kelishuvga erishdi. 

Unga ko'ra Qahramon Muhammadjonov (“Navbahor”), Xurshidbek Muxtorov, Quvondiq Ro'ziev (“Lokomotiv”), Sardor Eminov, Orif Mamajonov, (“So'g'diyona”), Damir Nizanov (“Orol”), SHoxruh Xolmatov, Izzat G'aniev, Nosir Otaqo'ziev (“Neftchi”) hamda Abdulatif Abduqodirov (“Andijon”) joriy mavsumni “Qo'qon-1912” tarkibida o'tkazadigan bo'ldi. 

Malum muddat jamoa ko'rigida bo'lgan Azamat Ahmedov, Ilhom Jumanov, Sarvar Xolmurodov, Sanjar Baratov, Ilhom Suyunov, Farrux SHotursunov, Akmal Tursunboev, Nodirxon Kamolov, Aziz Alijonov, Azizxon Ibragimov hamda Saydullo Rahmatov kabi futbolchilar klub lagerini tark etgan. Endilikda bu o'yinchilar o'zlariga boshqa jamoa topadi.

Bu bilan selekciya jarayoni to'xtab qolgani yo'q va chempionat startiga qadar yana jamoani kuchaytirishi mumkin bo'lgan o'yinchilar bilan muzokara o'tkazilmoqda. 

Endi rejaga ko'ra futbolchilar 28 yanvar kuni tushlikdan so'ng Qo'qonda yig'iladi va Farg'ona hokimi Kubogi turniriga tayyorgarlik ko'radi. Aytish lozimki, musobaqada jamoamiz ikki tarkib bilan ishtirok etadi.    

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика