So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Eldor SHomurodovning goli "Mashal" yoshlariga g'alaba keltirdi Yangiliklar

Eldor SHomurodovning goli "Mashal" yoshlariga g'alaba keltirdi

Bugun Muborakda Oliy liganing "Mashal" - "Olmaliq" , 7-turi oldidan har ikki jamoaning yoshlari o'zaro bahs olib borishdi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida "Mashal" hujumkor o'yin ko'rsatdi. 15 daqiqada Salamat Qutiboevning pasidan so'ng Ixtiyor Toshpo'latov  birga-bir vaziyatga chiqib bordi lekin unga aniqlik etishmadi. Undan keyin Bahodir Murtozaev ham deyarli birga bir vaziyatda noaniq zarba berdi. Sarvar Jo'raevning qarshi hujumdagi zarbasini esa Javohir Ilyosov bartaraf etdi. Bo'lim so'nggida Xolmurod Xolmurodov darvozaga to'pni yo'lladi biroq darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi.

Ikkinchi bo'limda Eldor SHomurodovning o'yinga tushishi hujumni kuchaytirdi. Jumladan 60 daqiqada SHomurodovning bergan kuchli zarbasini Abror Karimov qiyinchilik bilan bartaraf etdi.  Butun bo'limda hujumlar samarasiz yakunlanib boraverdi. 65 daqiqada Temur Kagirov hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlashtirildi. 70 daqiqada Abdumalik Toshpo'latovning jarimadan bergan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan bartaraf etdi.  75 daqiqada Eldor SHomurodovning alohida harakatlari tufayli hisob ochildi. Darvozaning yuqori burchagi nishonga olindi. Undan keyin yana bir bor SHomurodov va Dostonovda vaziyatlar bo'ldi lekin ularga aniqlik etishmadi. 80 daqiqada Iskandar SHayqulov to'pni qo'li bilan to'xtatib qoldi va ikkinchi ogohlantirish bilan maydonni tark etdi.  Uchrashuv so'nggida "Olmaliq" hisobni tenglashtirishi mumkin edi lekin darvozabon bartaraf etdi. Uchrashuvda boshqa hisob o'zgarmadi.

Yoshlar ligasi. 7-tur.
B.Vafoev nomli stadion. 2-maydon. 02.05.2014

"Mashal" - "Olmaliq"  1:0 (0:0)
Gollar:
Eldor SHomurodov (75)
Ogohlantirishlar: Akmaliy Rahimzoda (32), Iskandar SHayqulov (45+2), SHohjahon Abbosov (70)  -  Akbar Alisherov (18), Ulug'bek Xudoyberdiev (30) , Abdumalik Toshpo'latov (83), Diyop Usmonxo'jaev
CHetlashtirishlar: Iskandar SHayqulov (80) - Temur Kagirov (65)
Hakamlar: Nodirjon Boltaev (Navoiy), Artyom Kalilin, Firdavs Norsafarov (Qarshi)
Zaxira hakami: Farhod Usmonov (Qarshi)
Nazoratchi: I.V.Nexochin (Namangan)

"Mashal": Javohir Ilyosov, Yunus Ochildiev, Iskandar SHayqulov, Xolmurod Xolmurodov (Asliddin Abdiev 72), Otabek Narzullaev (Muhammadali Aliqulov 66), Bahodir Murtozaev (SHohruh Dostonov 67), Sirojiddin Rahmatullaev, Akmaliy Rahimzoda (Jasurbek Abdurahmonov 90), Ixtiyor Toshpo'latov (SHohjahon Abbosov 68), Eldor Ergashev, Salamat Qutiboev (Eldor SHomurodov 46)

"Olmaliq": Abror Karimov, Temur Kagirov, SHoyad Mullajonov, Ulug'bek Xudoyberdiev, Sarvar Jo'raev, Doston Abdurahmonov, Akbar Alisherov, Abdumalik Toshpo'latov, O'tkir G'oyipov, Abdulaziz Abduhamidov, Doston Bahromov
Zaxiradan maydonga tushganlar:  Diyop Usmonxo'jaev, Gay-etano Yusupov, Doniyor Nabiev, Aziz Qurbonov, Anvar Saparov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика