So’nggi yangiliklar

21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  3 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  154 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  36 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  4 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  25 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  8 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  28

Eldor SHomurodov: "Rossiya va O'zbekistonda hamma narsa ketma-ket etti kun ishlaydi, Italiyada esa odamlar dam olish kunlari hordiq chiqarishadi" Yangiliklar

Eldor SHomurodov: "Rossiya va O'zbekistonda hamma narsa ketma-ket etti kun ishlaydi, Italiyada esa odamlar dam olish kunlari hordiq chiqarishadi"

"Roma" hujumchisi Eldor SHomurodov "Rostov"dan "Jenoa"ga ko'chib o'tganidan keyin qanday qiyinchiliklarga duch kelgani haqida gapirdi.

- "Rostov"dagi oxirgi yilni juda yaxshi o'tkazdim. Keyingi olti oy davomida o'yinim o'xshamadi. Buning sabablari bor edi. Biroq menda Evropada to'p surish istagi bor edi. Bu oson bo'lmasdi.

Agarda etarlicha gol urmasangiz, Evropaga yo'l olish qiyin. Ammo "Jenoa" menga ishondi, buning uchun klubga minnatdorchilik bildiraman! Ular meni "Rostov"dan sotib olishdi. Men bu transferga rozi bo'ldim, chunki bu Evropada o'ynash orzuim sari tashlangan dastlabki qadam edi. Men uchun top-klubda emas, balki tarkibiga kira olishim mumkin bo'lgan klubdan o'rin olish muhim edi.

Birinchi yil og'ir o'tdi. Rossiya va O'zbekistonda mentalitet o'xshash, Evropada esa butunlay boshqacha. SHu bois, dastlabki ikki-uch oy oson bo'lmadi, lekin keyinchalik ko'nikishni boshladim. Hozirda bu erdagilarning fikrlarini yaxshi uqib olaman.

– Italiya madaniyati qaysi jihatlari bilan farq qilishini ayta olasizmi? Bu erda siz uchun nima yangilik bo'ldi?

– Rossiya va O'zbekistonda hamma narsa ketma-ket etti kun ishlaydi. SHanba va yakshanba kunlari bu erda hech kim ishlamaydi, hamma dam oladi. Bu erda butkul o'zgacha madaniyat, o'zgacha til hukmron. Odamlarning dunyoqarashi ham tubdan farq qiladi.

- Italiya futboli Rossiya va O'zbekiston futbolidan nimasi bilan farq qiladi?

- Birinchi navbatda, bu erda yuqori tezlik. Italiyada kuchli futbol ustunlik qiladi. SHuningdek, futbolchilarning mahorati ham yuksakroq", - deydi SHomurodov.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика