So’nggi yangiliklar

22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  2 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  6 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  164 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  43 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  4 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  27 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  8

Eldor SHomurodov: "O'zbekistonlik futbolchilar Evropada qancha ko'p o'ynashsa, terma jamoaga shunchalik yaxshi" Yangiliklar

Eldor SHomurodov: "O'zbekistonlik futbolchilar Evropada qancha ko'p o'ynashsa, terma jamoaga shunchalik yaxshi"

O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor SHomurodov UEFA.COM saytiga intervyu berdi.

Quyida uning terma jamoaga oid javoblarini taqdim etamiz.

Terma jamoadagi sardorlik

Bu men uchun katta ahamiyatga ega. Buni so'z bilan tariflash qiyin. Bunchalik erta sardor etib tayinlashlari va terma jamoa uchun bu qadar muhim futbolchi bo'laman deb o'ylamagandim. Hozir bizda avlodlar almashmoqda, yosh o'yinchilar maydonga tushmoqda, men kattalar futbolchi sifatida ularga o'rnak bo'lishim kerak, shuning uchun bu men uchun juda muhim.

O'zbekiston haqida

Men vatanimni juda yaxshi ko'raman. Men uchun mamlakat ham, O'zbekiston terma jamoasi ham muhim. Terma jamoaga chaqirilganimda yoki tatil paytida yurtimga boraman. Boshqa payt esa buning uchun vaqtim etmaydi. O'zbekiston va ota-onamni albatta juda sog'inaman.

A Seriyada o'ynagan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchi

Albatta bundan faxrlanaman va mamnunman. Lekin bizda bu darajada o'ynay oladigan futbolchilar ko'p. Men ularning shu erda to'p tepishlarini juda istardim. Men imkon qadar ko'proq o'yinchilarimizni Evropada bo'lishini istardim. Bu butunlay boshqacha futbol, boshqacha tezlik. Bu erda o'sish uchun ko'p narsa mavjud. Futbolchilarimiz Evropada qancha ko'p o'ynashsa, terma jamoaga shunchalik yaxshi bo'ladi.



Eldor SHomurodov: "Konferenciya ligasida chempion bo'lmoqchiman"        

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика