So’nggi yangiliklar

18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  0 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  1 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  3 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  2 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  8 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0

Eldor SHomurodov: Barselona va Real muxlisi emasman Yangiliklar

Eldor SHomurodov: Barselona va Real muxlisi emasman

Terma jamoamiz JCH saralash bosqichining navbatdagi turida bo'lib o'tadigan Janubiy Koreyaga qarshi bahsga astoidil tayyorgarlik ko'rmoqda.

Xabaringiz bo'lsa kerak termamiz mazkur tayyorgarlik jarayonida kecha Iordaniya termasiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi va kichik hisobda g'alabaga erishdi. Ana endi terma jamoamiz 15 noyabr kuni Seulda koreyslarga qarshi maydonga tushadi. Biz masuliyatli o'yin oldidan terma jamoamizning asosiy futbolchilaridan biri, Bunyodkor etakchisi Eldor SHomurodov bilan qisqacha suhbat uyutirdik. Suhbat terma jamoamiz o'yini emas, asosan futbolchining o'zi, hayoti haqida kechdi.

- Futbolga kanday kirib kelgansiz?

- Muhit sabab. Oilamizdagi deyarli barcha futbolga qiziqadi. Dadam futbol uynagan vaqtlarida buni kuzatib menda ham bu sportga qiziqish paydo bo'lgan.

- Yoshlikdagi orzularingizga erishdingizmi?


- Albatta, hozirgi holatimni faqatgina orzu qilganman, lekin bu bilan to'xtab qolmoqchi emasman.

- Sayoxat qilgan mamlakatlaringiz ichidan sizga eng manzur bo'lgani qaysi?


- Budapesht.

- Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bilan birga to'psurmoqdasiz u haqidagi fikringiz qanday?


- Doston bilan judayam yaqin do'stmiz. Juda hazilkash yigit va yaxshi do'st.

- Muxlislar uchun qiziqarli savol - Barselona yoki Real?

- Aksincha CHelsi muxlisiman.

- Xorij futbolidagi kumiringiz?

- Fernando Torres va Didie Drogbaning uyinlari ko'prok yoqadi.

- Xorijda qaysi chenpionatda uynashni orzu qilasiz,qaysi klublardan takliflar bo'ldi?


- Hozircha hech qaysi klublan taklif tushgani yo'q, lekin kuchliroq chenpionatda uynash istagim bor.


Jaloliddin Qobiljonov suhbatlashdi.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика