So’nggi yangiliklar

15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  0 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  0 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  21 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  19 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4

Eldor Adhamov: "Mavsumning ikkinchi qismiga har tomonlama kuchayamiz" Yangiliklar

Eldor Adhamov: "Mavsumning ikkinchi qismiga har tomonlama kuchayamiz"

“Andijon” klubining Toshkentdagi tayyorgarlik jarayoni reja asosida davom ettirilmoqda.

"Andijon" darvozabonlaridan biri Eldor Adhamov tayyorgarlik va o'rtoqlik uchrashuvlari borasida o'z fikrlarini bildirdi. 


-  Avvalo, “Metallurg” jamoasiga qarshi o'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, bunaqa uchrashuvlar natija uchun o'ynalmaydi, - deya gap boshladi, Adhamov. - Jismoniy og'ir yuklamalardan so'ng asta-sekin maydonda shug'ullanishni boshladik. Bu Toshkentda yig'in boshlaganimizdan keyingi birinchi o'rtoqlik uchrashuvi bo'ldi. Bunday bahsda kamchiliklar ko'zga tashlanishi tabiiy hol edi. Boz ustiga aralash tarkib o'ynadi. Hamma futbolchilar bir taymdan o'ynadi. Mana shunaqa uchrashuvlar orqali oldingi sport formamizni tiklab boramiz. Asosiysi, bu kabi bellashuvlar xatolarni ko'rib olish maqsadida o'tkaziladi. Natijadan mutlaqo fojea yasash kerak emas.


-  Jamoaning yozgi yig'ini ko'ngildagidek o'tyaptimi?

-  Birinchi yig'inimizni tog'da o'tkazib, jismoniy tayyorgarlik ustida ishladik. Toshkentda texnik-taktik va to'p bilan muomala qilish bo'yicha o'z ustimizda mehnat qilyapmiz. Barchasi reja bo'yicha ketyapti. Mana shunday uchrashuvlar va mashg'ulotlar orqali sport formamizni asta-sekin tiklab boramiz. Rasmiy bahsgacha tayyor bo'lamiz.


-  Superliga bilan pro liga klublari o'zaro bellashganda farq qanchalik, deb o'ylaysiz?

-  Qolgan jamoalarda qanaqa bilmadimu, lekin aynan bizning klub bilan solishtirganda farq katta emas. “Metallurg” bilan bahsning birinchi bo'limida ko'rindiki, kerak paytda ustunlik ham qildik. Ikkinchi bo'limda o'zimizni xatolarimiz evaziga gollar o'tkazdik va yigitlar jismoniy yuklamalar bilan o'ynayotgani evaziga biroz toliqib qolishdi. Tarkibimizdagi aksariyat futbolchilar yaxshi saviyada. Deyarli farq bilinmayapti.


-  Xizmatingizga boshqa klublardan ham qiziqishlar bo'ldimi?

-  Bir-ikkita jamoalar qiziqish bildirishdi. Ammo men “Andijon”da qolib jamoani Superligaga qaytarish yo'lida yordam berishni xohlayman. 


-  Avgustdan mavsumning qolgan qismi davom ettiriladi. Butun etibor shunga qaratilgan. Nima kutyapsiz?

-  Jamoamizga yangi futbolchilar kelishni boshladi. Mana, Suhrob Berdiev qo'shildi. Yana bir-ikkita ijrochilar qo'shilsa ajab emas. Biz sport formamizni tiklab boryapmiz. Xudo xohlasa, mavsumning ikkinchi qismiga har tomonlama kuchayamiz. Optimal formaga qaytishimizga 100 foiz ishonaman. Bizda barchasi o'z vaqtida boshlandi. Yuqorida aytdim, tayyorgarlikning birinchi bosqichida jismoniy yuklamalar oldik, ikkinchi yig'inda texnik taraflama ishlayapmiz. Muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. O'rtoqlik o'yini bilan rasmiy o'yin boshqa-boshqa. Biz yanada kuchayamiz va hammasi yaxshi bo'ladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика