Eldor Adhamov: “Bizni durang natija ham qoniqtirmasdi”
30 apr 2022 12:29
Yangiliklar
Eldor Adhamov: “Bizni durang natija ham qoniqtirmasdi”
Pro liga 6-turi doirasida “Turon” – “Andijon” (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar darvozaboni Eldor Adxamov fikrlariga quloq tutdik.
“Bugungi o'yin uchun juda puhta tayyorgarlik ko'rgan edik. Qolaversa, bosh murabbiy Viktor Kumikov ham o'yin oldidan chiroyli o'yin chiqmasa ham, muhimi g'alaba qozonishimiz lozimligini uqtirgandi. Xudoga shukur, bu ish berdi va yakunda g'alaba qozondik. Omad ham biz tomonda bo'ldi.
To'g'risi, maydonda bir kishi kam bo'lib qolganimizga qaramay, bizni durang natija ham qoniqtirmas edi. Yuzaga keladigan vaziyatimizdan foydalanib, g'alabani ushlab qolish edi.
Superligaga chiqish yo'lida oxirigacha kurashamiz. Imkoniyat hammada bir xil. Bizda ham boshqa yo'l yo'q. Umid qilamanki, biz Superligaga chiqish vazifasini uddalaymiz",- deydi Eldor Adhamov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar