Elbek To'lqinov: "Osiyo Kubogiga alo kayfiyatda keldik"
15 apr 12:55
Yangiliklar
Elbek To'lqinov: "Osiyo Kubogiga alo kayfiyatda keldik"
O'zbekiston futzal terma jamoasi azosi Elbek To'lqinov Osiyo Kubogi oldidan O'FA matbuot xizmatiga intervyu berdi.
"Qozog'istonda qarshi 2 ta o'yinimiz ajoyib o'tdi. Mag'lubiyatlar bo'lmadi, yaxshi harakat qildik deb o'ylayman. Asosiysi, ikkinchi o'yinda g'alaba qozondik va Osiyo Kubogiga alo kayfiyatda keldik.
Mashg'ulot jarayonlari jiddiy olib borilmoqda. Murabbiyning barcha ko'rsatmalariga rioya qilib, musobaqaga hozirlik ko'ryapmiz. Xudo xohlasa, birinchi o'yinga tayyormiz.
Osiyo Kubogidagi asosiy maqsad – chempionlik", – dedi To'lqinov.
Qita birinchiligi 17 apreldan 28 aprelga qadar Tailandda o'tkaziladi. O'zbekiston "B" guruhida Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliyaga qarshi o'ynaydi. Ilk uchrashuv 17 aprel kuni Avstraliya bilan bo'lib o'tadi.
Fikrlar