So’nggi yangiliklar

15:20Жалолиддин Машарипов: "Узоғи билан 1 ойда умумий гуруҳга қайтаман"  0 13:40ФИФА Эронга умид билдирмоқда  2 13:13Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади  0 12:19"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи   58 12:01"Хоразм"-"Бунёдкор": устунлик "қалдирғочлар" томонидами?  2 11:12Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Ҳожиакбаров: "Пахтакор"ни ютган "Навбаҳор"да ўзига ишонч юқори"   1 10:28"Реал"дан учралган мағлубиятдан сўнг Гвардиола нималар деди?  41 09:49Артета навбатдаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  19 09:21"Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборган Арбелоа нималар деди?  17 08:53Садио Мане Сенегалдан чемпионликни олиб қўйилганига кескин муносабат билдирди  9 08:25Гвардиола: "Ҳусанов учун бу EЧЛдаги илк тажриба йили бўлди"  18 07:57Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади  4 07:30Sofascore. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг юқори баҳога лойиқ кўрилди  13 07:30ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2  55 05:55Шиддатли кечган баҳсда ўсмирларимиз Марокашни мағлуб этишди  4

El-klasikoda ham hakamlar xato qildi Yangiliklar

Barcelona

Luis Suarez - 10', Lionel Messi - 52'

LaLiga . 36-tur

07/05/2018, 00:45

2
:
2
Tugadi

Real Madrid

Cristiano Ronaldo - 14', Gareth Bale - 72'

Stadion: Camp Nou, 97939 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

45'
90'
10'  Luis Suarez
10'  Sergi Roberto
44'  Luis Suarez
45'  Lionel Messi
45'  Sergi Roberto
46'  Philippe Coutinho (Nelson Semedo)
52'  Lionel Messi
52'  Luis Suarez
58'  Andres Iniesta (Paulinho)
85'  Ivan Rakitic
90'  Luis Suarez (Paco Alcacer)
12'  Nacho Fernandez
14'  Cristiano Ronaldo
14'  Karim Benzema
31'  Raphael Varane
44'  Sergio Ramos
46'  Cristiano Ronaldo (Marco Asensio)
68'  Nacho Fernandez (Lucas Vazquez)
72'  Gareth Bale
72'  Marco Asensio
76'  Gareth Bale
77'  Marcelo
84'  Toni Kroos (Mateo Kovacic)


Madridning “Real” klubi safarda azaliy raqibi Kataloniyaning “Barselona” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu bahsda durang natija qayd etildi. Aslida ushbu uchrashuv natijasi hech qanday ahamiyatga ega bo'lmasada, jamoalar muxlislar uchun shiddatli o'yin taqdim etib berishdi. O'yinda to'qnashuvlar, qizil kartochka, simulyaciya, hakamlarning xatosi, avvalgi el-klasikolarda nimaiki bo'lgan bo'lsa, kechagi klasikoda ham muxlislar xuddi shunday spektakl tomosha qilishdi. Uchrashuvni boshqarib borgan hakamlar ko'plab futbol muxlislarning noroziligiga sabab bo'ldi. El-klasikoda ham hakamlar qovun tushirdi. 



ERNANDESNING BIRINCHI XATOSI

Uchrashuvning 43-daqiqasida “Real” himoyachisi Serxio Ramos raqib futbolchisi Luis Suaresni tirsagi bilan ko'kragiga zarba berdi. Bu vaziyatni uchrashuvni boshqarib borgan bosh hakam Alexandro Ernandes vaziyatni to'g'ri baholay olmadi va “Real” darvozasi tomon jarima zarbasi belgilamadi. Qanot hakami ushbu vaziyatga yaqinroq turgan edi. U ham bosh hakamga qoida buzilgani to'g'risida indamadi. SHundan so'ng, Suares va Ramos o'rtasida kichik to'qnashuv yuzaga keldi. Alexandro Ernandes ushbu vaziyat uchun ikkala futbolchini ham ogohlantirdi. 


IKKINCHI XATOSI

Bahsning 47-daqiqasida Ernandes qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. “Barselona” jarima maydonchasi tashqarisida Serxio Roberto Marseloga qo'l ko'targandek ko'rindi. Ushbu vaziyatda bosh hakam Serxio Roberto Marseloga nisbatan sportchilarga hos bo'lmagan harakat qilgan deb topdi va futbolchiga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi va uni maydondan chetlatdi. Aslida qoida buzilganmi yoki yo'q, takroriy vaziyatda ham u darajada aniq ko'rinmadi. SHu sababli bu vaziyat uchun bir nima deya olmayman. Ernandes bu vaziyat uchun Serxio Robertoga hech bo'lmaganda sariq kartochka ko'rsatsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Ammo u bunday qilmadi va keskin qaror qabul qildi. Bu uning navbatdagi xatosi edi.


UCHINCHI XATO

Uchrashuvning 53-daqiqasida Leo Messi Luis Suaresning pasidan so'ng Keylor Navas qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi. Ushbu vaziyatda Luis Suares to'pni Messiga uzatishidan avval Rafael oyog'iga zarba berib uni chalib yiqitdi. Bu vaziyatda Alexandro Ernandes yana sukut saqladi va bu xato “Real”ga qimmatga tushdi. 


TO'RTINCHI XATO

SHiddatli kechgan bahsning 76-daqiqasida Ernandes juda ham qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Bu safar uchrashuvni boshqarib borgan hakam “Barselona” futbolchilarining joniga oro kirdi. “Real” himoyachisi Marselo raqib jarima maydoni ichida Xordi Alba tomonidan qoidabuzarlik bilan yiqitildi. Ammo bu vaziyatni Ernandes ham qanot hakamlari ham ko'rmay qoldi, yoki bo'lmasam ko'rib ko'rmaganlikka oldi. Uchrashuvni boshqarib borgan hakam yana qovun tushirdi. 


Xulosa o'rnida shuni aytmoqchiman, uchrashuv natijasi hech qanday ahamiyatga ega bo'lmasa ham el-klasikoga bunday hakamlarni tayinlamagan maqul deb hisoblayman. Agarda tajribali va saviyali hakam ushbu bahsni boshqarganda qo'pol xatolar bo'lmasdi, nazarimda.

Muallif :
Reyting: -56   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика