So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Ekzotik chempionatlar (TOP-10) Yangiliklar

Ekzotik chempionatlar (TOP-10)

Sports.ru sayyoramizdagi eng ekzotik milliy chempionatlar borasida malumot taqdim qildi.

Etiborlisi shundaki, Boliviya chempionati jahon futbolidagi eng etiborli 20 ta milliy liga qatoridan o'rin olmagan. Biroq ushbu mamlakatda yil davomida teng darajali 2 ta kubok turniri o'tkazilishi, ularning har birini esa o'z egasi borligini ko'pchilik bilmasa kerak. SHuni hisobga olib, ekzotik chempionatlar bo'ylab sayohat uyushtiramiz. 

10-o'rin — Islandiya chempionati

Diqqat qiling. Sovuq o'lka bo'lgan Islandiyada o'ziga xos “bahor-yoz” tizimiga ega ikki davrali musobaqa davom etadi. CHempionatida 12 ta professional klub qatnashadi. Qizig'i shundaki, ishtirokchilardan 11 tasi allaqachon bir marotaba bo'lsa ham milliy liga g'olibiga aylangan. Islandiyada ilk mavsum 1899 yilda o'tkazilgan. 

Allaqachon 100 yillik yubileyini nishonlagan chempionatda “Reykyavik” klubi 26 marta shohsupaga ko'tarilgan. O'z vaqtida “Vest Bromvich”da to'p tepgan Jeyms Xyorst va “Benfika” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Diogo ham Islandiya chempionatida o'z kuchini sinab ko'rgan. 

9-o'rin — Yamayka chempionati

Useyn Bolt vatani bo'lgan Yamaykada milliy chempionat – Premer-liga yohud Red Stripe nomi ostida o'tkaziladi. 

CHempionatga bundan 49 yil muqaddam mahalliy pivo ishlab chiqaruvchi kompaniya ko'magida asos solingan. Oradan shuncha yil o'tgan bo'lsa-da, Premer-liganing 12 ta ishtirokchisini pivo kompaniyasi moliyalashtirib keladi. CHempionatning o'ziga xos jihati shundan iboratki, turnir 3 bosqichda o'tkaziladi.

1-bosqich – 22 tur, 2-bosqich – 11 tur davom etadi. 3-bosqichda esa 4 ta kuchli jamoa o'zaro bahs olib borib, chempion, vice-chempion nomini aniqlaydi. Yanada tushunarli bo'lishi uchun, chempionat yakunida oltin va kumush medali sohiblari Karib ligasiga yo'l olsa, 3-o'rin egasi KONKAKAF CHempionlar ligasiga yo'llanma oladi. 

8-o'rin — Kosovo chempionati

Rayfayzen Superligasi deya nomlanadigan chempionatda ham qiziqarli holatlar uchraydi. 1945 yilda ilk marotaba milliy birinchilik bahslari o'tkazilgan. SHu vaqtga qadar chempionat nomi 10 martalab almashtirilgan. Quvonarali jihati shuki, milliy chempionat Yugoslaviya urushi vaqtida ham, Kosovo mustaqilligi elon qilish vaqtidagi muammolar yuzaga kelgan davrda ham uzilib qolmagan.

Ligada 12 ta jamoa ishtirok etadi, 3 bosqichda to'p tepadi. Bir mavsum davomida 33 ta o'yin o'tkaziladi. Lekin chempionatda muammolar ko'p kuzatiladi. Peshqadam jamoalar ishtirokidagi bahslarda stadionda tartibsizliklar ko'p uchraydi. Ayniqsa, pirotexika vositalarini yoqish, turli buyumlarni maydonga uloqtirish bo'yicha kosovolik muxlislarga etadigani topilmasa kerak.

7-o'rin — Gibraltar chempionati

Atiga 6,5 kvadrat/kilometrga ega hududda 19 asr oxirida Gibraltar Premer-ligasi tizimi yo'lga qo'yildi. Lekin chempionat siyosiy vaziyat tufayli ikki marotaba to'xtatildi va so'ngra yana davom ettirildi. Diqqat qiling, chempionatda atiga 8 ta havaskor maqomdagi jamoa ishtirok etadi. 

Barcha o'yinlar mamlakatdagi ikkita o'yingohda o'tkaziladi. Stadionlar ham ancha oldin ochilgan bo'lib, boshqa sport turlari va marosimlar o'tkaziladi. Ajoyib manzara aks etgan chempionat deyish mumkin. 

6-o'rin — Lyuksemburg chempionati

1910 yildan buyon o'tkaziladigan Lyuksemburg chempionatida 14ta shahar va tuman sharafini himoya qiladigan 16 ta ishtirokch to'p tepadi. Dastlabki yillarda o'yinlarni stadionda atigi 100 yoki 200 kishi tomosha qilgan bo'lsa, hozirga kelib uning jozibasi oshgan. 

Biroq liga raqobatbardosh emasligi malum. 2018 yilda “Dyudelenj” Evropa ligasi guruh bosqichiga yo'llanma olib, mamlakat futboli uchun tarixiy natija olib berdi. 

5-o'rin — Mikroneziya chempionati

Eng qiziqarli va tushunarsiz chempionat aynan Mikroneziyada o'tkazilsa ajabmas. Odatda milliy chempionat malum bir hududni o'z ichiga oladi. Mikroneziya qo'shma shtatlari ligasi Tinch okeanidagi kichik orollardan iborat butun mintaqani bog'lab turadi. 

Atigi 6 ta ishtirokchisi bor liganing doimiy chempioni ham mavjud. “Aylend Pitbullz” shu vaqtgacha faqatgina bir marotaba texnik mag'lubiyat sababli g'oliblikni qo'ldan chiqargan, xolos. Qolgan vaqtda “Aylend Pitbullz” bahor va kuz tizimida shohsupaga ko'tarilib kelgan. 

4-o'rin — Andorra chempionati 

Evropaning eng kichik mamlakatlaridan biri bo'lgan Andorra chempionati bahslari asosan, 2 ta stadionda o'tkaziladi. Primera Divizioda “UE Santa-Koloma” va “Inter Eskaldes” xukmronlik qiladi. Tushunarli bo'lishi uchun, har ikki jamoaning byudjeti 1,8 million evroga teng. Bu Andorradagi eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi. 

14ta turdan so'ng g'olib nomi uchun etakchilar o'rtasida qo'shimcha o'yinlar tashkil qilinadi. G'olib esa CHempionlar ligasi saralash bosqichiga yo'llanma oladi. 

3-o'rin — Madagaskar chempionati

Ekzotik mamlakat bo'lgan Madagaskarda milliy liga 1956 yildan buyon o'tkaziladi. SHu vaqtgacha 28 ta jamoa ishtirok etgan. Futbol tarixidagi eng yirik natija – 149:0 ham Madagaskar CHempionlar ligasida kuzatilgan.

Qisqasi, Madagaskarda kelishilgan o'yinlar va boshqa mojaroli voqeallar ko'p uchraydi. Ligada “Fortor”, “Sotema” va “Adema” klublari etakchi hisoblanadi. 

2-o'rin — Kuka orollari chempionati

Ko'pchilik ushbu orolni yaxshi bilmasligi mumkin, ammo Kuka orollari chempionati 1950 yildan boshlab o'tkazib kelinadi. Orol tarkibida atigi 7 ta jamoa ishtirok etadi. Odatda liga o'yinlari avgust yoki sentyabrda boshlanadi. Oradan bir yoki bir yarim oy o'tib, chempionat noyabrdayoq tugatiladi. 

O'yinlar ham bo'm-bo'sh tribunalar ostidagi stadionlarda o'tkaziladi. “Tupapa Maraerenga” chempionatning eng yaxshi jamoasi hisoblanadi.

1-o'rin — Grenlandiya chempionati

Yaxshilab diqqat qiling, P-67, G-44, N-48 bular kokteyl yoki kofe nomi emas. Aksincha, Grenlandiya chempionatida ishtirok etadigan jamoalar nomi. Qor bilan to'liq qoplangan orolda 8 ta jamoa bor. 

Futboldan ortidan orolda xokkey, badminton va gandbol sport turlari rivojlandi. Biroq Grenlandiya chempionligini qo'lga kiritgan jamoa hech qanday xalqaro musobaqada ishtirok eta olmaydi. Negaki, ular hamon UEFAning to'laqonli azosi emas. Eng qizig'i shundaki, orolning o'z terma jamaosi yo'q.

Samandarbek tarjimasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика