So’nggi yangiliklar

18:13Суперлига. "Насаф" – "Бунёдкор". Таркиблар маълум  2 18:00Суперлига. “Қўқон-1912” — ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  9 17:45ОКМК 6 йилдан буён Қўқонда ғалаба қозона олмаяпти  1 17:21Абрамов "Динамо"ни тарихий рекорд сари етакламоқда  4 17:04"Бухоро" 29 йиллик нохуш анъанасига чек қўядими?  2 16:38"Бруну Фернандеш сотилмайди". Рубен Аморим — "Ал Ҳилол"нинг қизиқиши ҳақида  1 16:10Камолиддин Мурзоев "Насаф" - "Бунёдкор" учрашуви олдидан нима деди?  2 15:48"Бизга учта ғалаба керак ва жамоамиз ЕЧЛда бўлади" — Пеп Гвардиола  7 15:20"Қўқон-1912" стадиони ОКМК билан беллашувга тайёр!  9 14:55"Ньюкасл" эмблемасини янгиламоқчи  3 14:27"Хаби билан бутун футбол оламини ҳайратга солган жамоани шакллантирдик" — "Байер" спорт директори   1 14:00"Сурхон"нинг голида офсайд қайд этилишича ёрдамчи ҳакамнинг қарорига таянилган, VAR'да эса тасвирлар етарли бўлмаган — Эксперт ҳакамлар қўмитаси  27 13:31"Манчестер Юнайтед" тажрибали дарвозабон билан шартномани узайтирмоқчи  0 13:03"Барса" етакчилари Араухонинг "Реал"га қарши ўйнашига қарши  23 12:37Ким чемпион? Гёкереш ёки Ди Мария? Бугун Португалияда мавсум ўйини бор  5

Markaziy Osiyo. "Arkadag'" ochko yo'qotmasdan, "Abdish Ata" o'zbekistonlik murabbiy bilan chempion bo'ldi. Bonus – Afg'oniston Yangiliklar

Markaziy Osiyo. "Arkadag'" ochko yo'qotmasdan, "Abdish Ata" o'zbekistonlik murabbiy bilan chempion bo'ldi. Bonus – Afg'oniston

Markaziy Osiyo mamlakatlari chempionatlarining navbatdagi mavsumi yakunlandi.

QOZOG'ISTON

Qozog'iston chempionatining 2024 yilgi mavsumida Olma-Otaning "Qayrat" klubi chempionlikni qo'lga kiritdi. O'zbekistonlik himoyachi Ibrohim Xalil Yo'ldoshev to'p tepgan klub asosiy taqibchisi "Astana"ni bir ochkoga ortda qoldirib, o'z tarixida to'rtinchi marotaba shohsupaga ko'tarildi. Bronza medallariga "Aqtobe" jamoasiga sazovor bo'ldi. Jasur Yaxshiboev va SHahboz Umarov to'p tepgan "Ordabasi" amaldagi chempionlik unvonini saqlab qola olmadi va 4-o'rin bilan kifoyalandi.

To'purarlar jadvalida birato'la uch nafar futbolchi etakchilik qildi — "Atirau" hujumchisi Nikolay Signevich, "Tobol" yarim himoyachisi Islam CHesnokov va "Qayrat" hujumchisi Joao Paulo 10 tadan gol urdi. Jasur Yaxshiboev o'z hisobiga 9 ta gol yozdirib qo'ydi.

Mavsum yakuniga ko'ra eng yaxshilar taqdirlandi. 

Eng yaxshi yosh futbolchi — Adilbek Jumaxanov ("Atirau")

Eng yaxshi darvozabon — Stas Pokatilov ("Tobol")

Eng yaxshi himoyachisi — Yan Vorogovskiy ("Astana")

Eng yaxshi yarim himoyachi — Giorgi Zaria ("Qayrat")

Eng yaxshi hujumchi — Joao Paulo ("Qayrat")

Eng yaxshi menejment — "Elimay" klubi

Eng yaxshi murabbiy — Grigoriy Babayan ("Astana")

Eng yaxshi futbolchi nomi hali elon qilinmadi.

SHu bilan birga, Qozog'iston Premer-ligasining 2024 yilgi mavsum ramziy terma jamoasi elon qilindi.

TOJIKISTON

Tojikistonda, kutilganidek, poytaxtning "Istiqlol" klubi navbatdagi chempionlikni rasmiylashtirdi. "Xo'jand" o'z tarixida 10-marotaba kumush medallarni qo'lga kiritgan bo'lsa, "Ravshan" to'rtincha marta bronza medallariga ega chiqdi.

"Istiqlol" etakchisi Manuchehr Jalilov 17 ta gol bilan mavsum to'purariga aylandi.

Tojikistonda eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bugun, yani 26 dekabr kuni o'tkazildi.

Eng yaxshi yosh o'yinchi — Firuzjon SHaripov ("Istiqlol")

Eng yaxshi darvozabon — Evgeniy Gricenko ("Ravshan")

Eng yaxshi himoyachi — Baxtiyor Qalandarov ("Regar-TadAZ")

Eng yaxshi yarim himoyachi — Alisher Jalilov ("Istiqlol")

Eng yaxshi hujumchi — Jahongir Ergashev ("Esxata")

Eng yaxshi to'purar — Manuchehr Jalilov ("Istiqlol")

Eng yaxshi legioner — Deyan Tumbas ("Xo'jand")

Eng yaxshi murabbiy — Zayniddin Rahimov ("Regar-TadAZ")

Eng yaxshi futbolchi — Manuchehr Jalilov ("Istiqlol")

Tojikiston chempionatida ko'plab o'zbekistonlik futbolchilar to'p tepishdi. Quyida bizga malum o'yinchilarni keltirib o'tamiz:

"CSKA Pomir" — SHohro'h Eshbo'taev, Muhammad Isaev, Islom Isoqjonov, Muhiddin Odilov

"Esxata" — Azizbek Muratov, Sanjar Rixsiboev

"Istaravshan" — Jahongir Ahmadov, Azamat Isroilov, Jamshid Hasanov, Mo'min Meliev, Mirzohid Mirzamahmudov, Javohir Rasulov

"Xo'jand" — Firdavs Abdusalimov, Jasur Qurbonov, Islom Toshpo'latov

"Ko'ktosh" — Jahongir Alamov, Hasanboy Qahhorov

"Regar-TadAZ" — Asilbek Temirov

"Vaxsh" — Sardor Qobuljonov

QIRG'IZ RESPUBLIKASI

Qirg'iz Respublikasida mavsum yakuniga ko'ra "Abdish-Ata" o'zbekitonlik mutaxassis Islom Ahmedov qo'l ostida navbatdagi chempionlikni qo'lga kiritdi. O'z navbatida, g'olib jamoa Qirg'iz futbol ittifoqi tomonidan 50 ming AQSH dollari miqdoridagi sertifikat bilan taqdirlandi.

Kumush medallar "Dordoy"ga nasib etgan bo'lsa, "Muras Yunayted" bronza medallari sohibiga aylandi.

"Abdish-Ata" futbolchisi Atay Jumashev 11 ta gol bilan mavsum to'purariga aylandi.

SHuningdek, mamlakat futbolida yil davomidagi eng yaxshilar aniqlandi.

Eng yaxshi futbol klubi — "Abdish-Ata"

Eng yaxshi yosh futbolchi — Ermek Kenjabaev

Eng yaxshi murabbiy — Islom Ahmedov ("Abdish-Ata")

Eng yaxshi futbolchi — Joel Kojo ("Dinamo", O'zbekiston)

Qirg'iz Respublikasi chempionatida ko'plab o'zbekistonlik futbolchilar to'p tepishdi. Quyida bizga malum o'yinchilarni keltirib o'tamiz:

"Alay" — Abdukarim Muhammedov, Sarvar Ablaev, Nodir Ibragimov, Murodxo'ja Jabborov

"Qirg'izaltin" — Abdurahmon Abdulhaqov, SHerzod Abdullaev, Muhriddin Ahmedov, Murod To'ychiboev

"Muras Yunayted" — Aziz Koshibxonov

"Neftchi" — SHerzod Abduraimov, Dadaxon Yusupov

"O'shMU Aldier" — Ahmadjon Anvarov, Rustam Qo'chqorov, Sarvar Mirzaev, Otabek Mo'minov, Ismoil Oxunjonov, Akmal Rahimov, Maradona Safarov, Andrey Sidorov, Saidumar Sodiqov, SHohruh Muratov

TURKMANISTON

Turkmaniston chempionatida hech qanday hayratomuz hodisa sodir bo'lgani yo'q. Kutilganidek, "Arkadag'" 30 o'yinda birorta ochko yo'qotmagan holda chempionlikni tantana qildi. Mamlakat kubogi ham poytaxt klubiga nasib etdi. CHempionat doirasida qoldirilgan  “Altin Asir” – “Kopetdog'” uchrashuvi ertaga o'tkaziladi va mavsum rasman yakunlanadi.

#Jamoa nomiO'G'DMTNO
1.Arkadag'303000147-2090
2.Ahal30221768-2967
3.Altin Asir29202768-3362
4.SHagadam301311640-5140
5.Marv301121721-6035
6.Ashxobod30841827-5828
7.Nebitchi30831928-6427
8.Kopetdog'29452018-6517
9.Energetik1612138-455


AFG'ONISTON

Afg'onistonda chempionat 2021 yildan boshlab Premer-liga o'rniga CHempionlar ligasi nomi ostida o'tkazib kelinadi. 2024 yilgi mavsum 20 apreldan 22 mayga qadar bor-yo'g'i bir oy davom etdi. Hirotning "Etak Enerji" klubi bir davradan iborat turnirning 11 uchrashuvida birorta ochko yo'qotmagan holda ketma-ket ikkinchi mavsum bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Ayni damda esa mamlakatda 2024/2025 yilgi mavsum boshlangan.

Afg'onistonda ham mavsum yakunida eng yaxshilar aniqlandi.

Eng yaxshi to'purar — Ahmad Nabi Muqdas ("Aino Mina")

Eng yaxshi futbolchi — Hamid Amiri ("Sorh Poshan")

Eng yaxshi darvozabon — Faisal Hamidi ("Etak Eneri")

Eng yaxshi yosh futbolchi — Ismat Hadafmand ("Mavj Sahel")

Eng yaxshi murabbiy — Ali Ahmad Yorzoda ("Etak Enerji")


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика