So’nggi yangiliklar

16:15Трамп хавфсизлик сабабли Бостонни ЖЧ-2026 ўйинларидан маҳрум этиш билан таҳдид қилди: "Мен Инфантинога қўнғироқ қиламан — у буни осонликча амалга оширади"  0 16:00Дембеле атрофидагилар "Олтин тўп" сабаб футболчининг маоши Неймар ва Мессиникидек бўлиши керак деб ҳисобламоқда  0 15:32"Манчестер Сити" тўқ яшил тусдаги янги формасини тақдим этди, унда NFC чипи мавжуд  1 14:45Саводхонлик даражаси 90% бўлган вулқонлар мамлакати ҳам ЖЧда иштирок этади  1 14:18Келажак юлдузлари. The Guardian нашри ўзбекистонлик футболчини 60 нафар энг иқтидорли ўйинчилар рўйхатига киритди  6 13:15Ўзбек клублари ўз тарихида илк бор ЖЧ учун ФИФАдан компенсация олади  7 13:10Футзал. Бугун Кака бошчилигидаги Қозоғистон терма жамоаси Тошкентга келади   5 12:57“Машъал” жамоаси 1111-расмий учрашув остонасида  1 12:50Месси терма жамоа тарихидаги рекордчига айланди  12 12:09Қайси терма жамоалар ЖЧ-2026 иштирокчисига айланиб улгуришди?  5 11:36Марокаш Германия ва Испания ўрнатган жаҳон рекордини янгилади   1 10:52Ван Бастен ван Дейк ҳақида: "У дунёнинг энг яхши ҳимоячиси бўлиши мумкин, лекин етакчи эмас"  4 10:23Пролига. 17-тур ҳакамлари маълум  0 10:10Ўртоқлик учрашуви. Аргентина йирик ҳисобда ғалаба қозонди, Мессидан иккита ассист  10 09:54МЮ 33 ёшли Каземиро билан шартномани узайтириши мумкин, фақат бир шарт билан  0

O'zbek klublari o'z tarixida ilk bor JCH uchun FIFAdan kompensaciya oladi Yangiliklar

O'zbek klublari o'z tarixida ilk bor JCH uchun FIFAdan kompensaciya oladi

FIFA Jahon kubogi dunyodagi eng ko'p daromad keltiruvchi sport musobaqasidir.

Tashkilot 2010-yilda Janubiy Afrika Respublikasida bo'lib o'tgan mundialdan etiboran turnirning final bosqichida ishtirok etgan futbolchilarning klublariga kompensaciya pullari to'lab bergan. Afrikadagi Jahon kubogida klublar o'rtasida taqsimlangan pul umumiy hisobda 40 million AQSH dollarini tashkil etgan bo'lsa, Qatarda o'tkazilgan mundialda bu summa 209 million AQSH dollari miqdorida bo'ldi. Arab diyorida o'tgan ilk Jahon kubogini guruh bosqichida tark etgan terma jamoa ham eng kamida 14 kun davomida unda ishtirok etgan hisoblanib, final bosqichidagi har bir kun uchun bir nafar futbolchiga 10950 AQSH dollaridan kompensaciya to'langan. 


Demakki, Qatardagi Jahon kubogida futbolchilari ishtirok etgan klublar ularning har biri uchun eng kamida 153300 AQSH dollaridan kompensaciya olgan.

2026-yilda Kanada, Amerika Qo'shma Shtatlari hamda Meksika maydonlarida bo'lib o'tadigan Jahon kubogidan etiboran esa Club Benefits Program — Klublarning foyda ko'rish dasturida bir qator tamoyillar o'zgarmoqda. Avvalo, bu galgi musobaqa uchun ajratilgan kompensaciya pullarining umumiy miqdori rekord daraja — 355 million AQSH dollariga etdi. Ushbu summaning 100 million AQSH dollariga teng qismi esa musobaqaning qitaviy saralash bosqichlarida ishtirok etish uchun o'z futbolchilarini terma jamoalar ixtiyoriga yuborgan klublar o'rtasida taqsimlanishi belgilandi. Buning uchun, futbolchi Jahon kubogi saralash bosqichi doirasidagi rasmiy uchrashuvda o'yin qaydnomasiga kiritilgan bo'lishi talab etiladi. Bunda, futbolchi terma jamoasi bilan Jahon kubogiga yo'llanma olgan yoki olmagani ahamiyat kasb etmaydi. Shuningdek, avvalgi tamoyillar bo'yicha futbolchi uchun kompensaciya olishga u so'nggi ikki mavsum davomida ro'yxatdan o'tkazilgan klubgina haqli hisoblangan bo'lsa, endilikda o'z tarkibidagi futbolchini Jahon kubogi va uning saralash bosqichlari uchun terma jamoa ixtiyoriga yuborgan istalgan klub dastur doirasidagi pullarni qabul qilib olishi mumkin.


O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon kubogiga yo'llanma olishi mamlakatimiz futboli tarixida o'chmas iz qoldirgan bo'lsa, endi o'z futbolchilarini Jahon kubogi va uning saralash bosqichlari doirasidagi o'yinlarga yuborgan klublarimizning FIFA dasturi natijasida daromad topishlari uning iqtisodiy holatiga ham ijobiy tasirini ko'rsatadi. Misol uchun, Jahon kubogi saralashining so'nggi ikki bosqichi doirasida Abduvohid Nematov 15 marotaba, Sherzod Nasrullaev 12 marta, Akmal Mozgovoy 10 marta, Zafarmurod Abdurahmatov marotaba, G'olib G'aybullaev bor va Alibek Davronov bir marta O'zbekiston terma jamoasining o'yin qaydnomasiga kiritildi hamda ushbu futbolchilar barcha uchrashuvlarga Nasaf futbolchisi sifatida jalb etildi. Bundan tashqari, Umar Eshmurodov umumiy 13 ta uchrashuvning 4 tasida, Bobur Abduxoliqov umumiy 11 o'yinning tasida Nasaf futbolchisi bo'lgan. Demak, Qarshi klubi ushbu futbolchilarning har bir uchrashuvi uchun malum miqdorda kompensaciya pullarini ishlab topadi.

O'z navbatida, Superliga klublarida to'p tepayotgan bir qator legionerlar ham Jahon kubogi saralashi doirasida o'z terma jamoalari safida maydonga tushdilar. Jumladan, Joel Kojo va Kimi Merk kabi futbolchilar Qirg'iz Respublikasi bilan JK saralashida ishtirok etishdi. Tojikiston terma jamoasi azolari Zoir Jo'raboev hamda Ehsoni Panshanbe kabilar ham Superligadagi faoliyatlari davomida qo'shnilarimiz safida mundial kvotasi uchun kurash olib bordilar. Ushbu futbolchilarning saralash davridagi huquqiy egasi bo'lgan klublar ham o'z-o'zidan Club Benefits Program ishtirokchilariga aylanib, malum miqdorda kompensaciya puli oladilar.

Saralash bosqichi uchun ajratilgan 100 million AQSH dollari dunyo bo'ylab jami minglab klublar o'rtasida taqsimlanishidan kelib chiqsak, bu juda ham katta pul bo'lmasligi mumkin. Biroq, agar o'zbek klublari tarkibidagi futbolchilar o'z terma jamoalari bilan Jahon kubogida ishtirok etsalar, bu klublar byudjeti uchun bir necha yuz ming AQSH dollari, demakdir.

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
15 okt 13:57:53
NEWS 24
Andijon darvozabonichi u asosiy darvozabonku andijon byujetiga pul tushadimi shunda
   
15 okt 15:05:12
Qwerty 007
NEWS 24 foydalanuvchining fikriga javob berish
Andijon darvozabonichi u asosiy darvozabonku andijon byujetiga pul tushadimi shunda
Yoʻq, u jahon chempionati saralashida oʻynagan vaqti Andijon safida emas edi.
   
15 okt 14:54:29
. .
Eron eng ayyor yurishni qilgan, termani deyarli hamma azosini uzini chemoionatiga oldi, jahon chempionati tugashi bn hammasini tepadi kutiga
   
15 okt 14:01:26
Bahodir
Eron klublari birinchi navbatta Mtj pyinchilariga eʼtibor berishi bejiz emas bu birinchi navbatta klub obrosi uchun va moddiy foyda
   
15 okt 13:54:05
Дониёр Искандаров
Футбол тарихида икки буюк юлдуз: Пеле ва Марадона (Месси эмас)

Футбол — бу инсоният яратган энг жонли саҳна. Унда юзлаб истеъдодлар ёрқин порлаган, аммо ҳақиқий икки юлдуз — Пеле ва Марадона. Улар футболни янгидан яратган, унга маъно, руҳ ва муҳаббат берган инсонлар.

Пеле — мукаммалликнинг тимсоли.
У уч марта Жаҳон чемпионлигини (1958, 1962, 1970) ютган ягона футболчи. 1281 гол билан рекорд ўрнатган. У техник жиҳатдан ҳам, жисмоний жиҳатдан ҳам идеал футболчи эди. Пеле нафақат гол урди, балки ҳар бир ҳаракатида халқнинг ифтихорини акс эттирди.

Марадона — эҳтирос ва исён рамзи.
1986 йилда Аргентина миллий жамоасини деярли ёлғиз Жаҳон чемпиони қилди. “Қўл илоҳийси” ва “Юз йиллик гол” билан у тарихга кирди. У миллатнинг руҳини уйғотди, халққа ишонч берди.

Нега Месси бу даражага етмаган?
Месси — замонавий футболнинг маҳсулоти. Унинг статистикаси кучли, лекин таъсири ва етакчилиги Пеле ёки Марадонаникидай эмас.
1️⃣ Пеле 17 ёшида чемпион бўлган, Месси эса 35 ёшидагина.
2️⃣ Марадона жамоани елкасинида кўтарган, Месси эса жамоа тизимига таянган.
3️⃣ Луис Роналдо ва Зидан каби у вазиятни қўлга олишда доимо суст бўлган. Қийин паллада у жангчи эмас, техник ижрочи бўлган.
4️⃣ Тўплар сони бўйича у Роналду билан рақобат қилолмаган — Роналду кўпроқ майдонда фаол, голда самарали бўлган.
5️⃣ Айлана, дриблинг ва хатарли паст кутилмаган ҳаракатларда Неймар ундан юқори бўлган.
6️⃣ Етакчилик жиҳатидан у ҳатто Каннаваро даражасига етмаган — у жамоани руҳан етакламаган, балки тизим ичида фаол бўлган.

Хулоса.
Футбол ҳақиқий икки юлдуз билан яшайди — Пеле ва Марадона. Улар ақл ва эҳтироснинг идеал мувозанати. Месси ва бошқалар шунчаки улар яратган юлдузли осмондаги юлдузчалар, холос. Манба: Playboy журнали
   
15 okt 13:48:45
Бахтиёр Ашуров
JAMOLIDDIN1805 foydalanuvchining fikriga javob berish
Eng kup pulni 1) Nasaf 2) Paxtakor 3) Navbahor Ishlab olishar ekan, barakasini bersin va bundan buyog'iga JChga chiqishimmiz davomli va doimiy bulsin
Бу аниқ маълумот эмас!
   
15 okt 13:37:58
JAMOLIDDIN1805
Eng kup pulni
1) Nasaf
2) Paxtakor
3) Navbahor
Ishlab olishar ekan, barakasini bersin va bundan buyog'iga JChga chiqishimmiz davomli va doimiy bulsin
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика