Efiopiya varianti o'xshamadi, endi "Navbahor", "Metallurg" va "Olmaliq" bilan o'ynaymiz
20 iyu 2014 13:28
Yangiliklar

Efiopiya varianti o'xshamadi, endi "Navbahor", "Metallurg" va "Olmaliq" bilan o'ynaymiz
Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan terma jamoamiz 20-28 iyul kunlari Toshkentda yig'in o'tkazishi haqida xabar bergandik.
Demak, bugundan terma jamoa azolari poytaxtda yig'ilishadi va 9 kunlik o'quv-yig'in mashg'ulotlarni boshlanadi. Mana shu yig'in doirasida Afrikaning Efiopiya milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tishi lozim edi. Lekin malum bo'lishicha, efiopiyaliklar bizga rad javobini berishibdi. Ularning rejasi boshqacha ekan.
Ammo qoyil qolish kerak, Terma jamoalar markazi rad javobni eshitib shoshib qolgani yo'q, balki tezda vaziyatdan chiqib ketish choralarini izlab topdi. Xavotir olmanglar, terma jamoamiz o'rtoqlik o'yinisiz qolib ketmaydi. Balki shu 9 kun ichida uchta nazorat bahsini o'tkazadi. Raqiblar ham anoyilardan emas: "Navbahor" (22 iyul), "Metallurg" (24 iyul) va "Olmaliq" (28 iyul).
Hozircha terma jamoamizning mazkur yig'inda ishtirok etadigan tarkibi rasman elon qilingani yo'q.
Norasmiy tarkib esa ancha oldin saytimizda elon qilingandi.

Fikrlar