So’nggi yangiliklar

21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 3:0 (матнли трансляция)  8 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  9 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  3 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  13

Edgar Gess: "Uyda ikki ochko yo'qotdikmi? Nimadir deyish qiyin" Yangiliklar

Edgar Gess: "Uyda ikki ochko yo'qotdikmi? Nimadir deyish qiyin"

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Edgar Gess jurnalistlarning savollariga javob berdi.
 -O'yin qiziqarli o'tdi. Bugun ikkala jamoa ham teng o'yin namoyish etgani bois durang natijasi qayd etildi. Maydonning har bir qarich erida kurash keskin kechdi va ikkala jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi deya olaman. Abdumalik Abdullaevni nima uchun almashtirdim? Uchrashuv yakunlanishiga 5 daqiqa qolgandi va bungacha u ko'p kuch sarflagandi. SHu sababli almashtirishga qaror qildim. Abdumalik bugungi bahsda ham juda faol harakat qildi.

Uyda ikki ochko yo'qotdikmi? Bu haqda aniq bir nima deyish qiyin. Birinchi bo'limda mehmonlar yaxshi harakat qilib, bir qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ikkinchi taymda esa bizda gol urish uchun imkoniyatlar ko'proq bo'ldi. O'yin shunday ediki, agar bugun kim gol ursa, o'sha jamoa g'alaba qozonardi. Ammo darvozalar daxlsiz qoldi. Bugun ikki ochkoni boy berdikmi yoki yo'q, buni mavsum oxiri ko'rsatadi. Muhimi, himoyada xatoga yo'l qo'ymay to'p o'tkazmadik. Durang ham bu ochko deganidir. Bugun bizni munosib darajada qo'llab-quvvatlashgani uchun muxlislarimizdan minnatdormiz. Keyingi o'yinlarda ham ishqibozlarimizni xursand etishga harakat qilamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика