So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Edgar Gess: "Andijon”ga g'alaba suv va havodek zarur edi" Yangiliklar

Edgar Gess: "Andijon”ga g'alaba suv va havodek zarur edi"

“Andijon” – “Buxoro” uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Buxoro” ustozi Edgar Gess ishtirok etdi.
- “Andijon” jamoasi bizga qarshi qattiq tayyorgarlik ko'rganiga guvohi bo'ldim. Ularni bu o'yinda faqat g'alaba qoniqtirar edi. Bugungi o'yinda bizning asosiy maqsadimiz darvozamiz dahlsizligini saqlab qolish edi. O'yinning 70-daqiqasiga qadar shogirdlarim barcha ko'rsatmalarimni ko'ngildagidek bajarib kelayotgan edilar. Keyin ularda o'z kuchiga bo'lgan ishonch biroz pasaygandek bo'ldimi o'yinimizda pasayish kuzatildi. Dastlabki golni o'z darvozamizga kiritib qo'yganimizdan so'ng shogirdlarimning shashtlari ancha pasaydi. SHuning evaziga “Andijon” yana bir bor darvozamizga to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.

- Bugungi o'yinda mag'lubiyatga uchrashimizga bir necha sabablarni aytishim mumkin. Balki biz Andijonga kech etib kelganligimiz bo'lishi mumkin. Balki avvalgi “Bunyodkor”ga qarshi o'yinda shogirdlarim bor kuchlari bilan o'ynab charchab qolgan bo'lishi mumkin. Mag'lubiyatga uchrashimizga o'z xatoim ham sababchidir.  

- Bugungi bahsda jamoam yaxshi o'yin namoyish etdi. Taktika to'g'ri tanlangan edi. “Andijon” jamoasi elitadagi o'z o'rinlarini yaxshilab olishlari uchun ularga g'alaba suv va havodek zarur edi. Ular bizga qarshi ikki baravar kuch bilan harakat qilishdi.

- Andijonni tarkibida ancha kuchli va tajribali o'yinchilar yig'ilganligini aytishim mumkin. Nomlar bo'yicha ular bizdan ustun edilar. Bizning tarkibimiz ancha yosh. Mana ko'rdingiz bugungi o'yinda 1992, 1993 yilda tug'ilgan yoshlarni tushirdim. To'g'ri tarkibizda o'yin taqdirini belgilab beradigan o'yinchilarimiz bor. Lekin ularning o'yini qovushmadi deb o'ylayman.


Komiljon Ikromov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика