Ederson: "Karlo Anchelotti Braziliyani boshqarish imkoniyati yuqori. Uni hamma yaxshi ko'radi"
22 mar 2023 10:33
Yangiliklar
Ederson: "Karlo Anchelotti Braziliyani boshqarish imkoniyati yuqori. Uni hamma yaxshi ko'radi"
Edersonning aytishicha, Karlo Anchelotti Braziliya termasini boshqarishi ehtimoli yuqori.
"Men bu borada Kazemiro, Vinisius va Militao bilan gaplashdim. Ularning fikricha, Karlo o'zgacha, betakror va muvaffaqiyatli murabbiy. Uni hamma yaxshi ko'radi. Yaqinda hammasi aniq bo'ladi.
Albatta, u terma jamoa boshqaruvini qo'lga olish imkoniyati yuqori va biz bu tezroq amalga oshishi tarafdorimiz.
Biz Gvardiola bilan uni Braziliya termasiga taklif qilinishi haqida xazillashib, muhokama qilgandik, ammo Pep buning imkoni yo'qligini aytdi. U yaqinda shartnomasini ikki yilga uzaytirdi va hech qanday boshqa variant yo'qligini aytdi, – deya "Manchester Siti" darvozaboni so'zlaridan iqtibos keltirdi UOL.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar