Eden Azar: "O'ynashni xohlayman, ammo bu qiyinligini bilaman. Og'ir yil, ammo men uni juda katta klubda o'tkazdim"
07 may 2023 15:52
Yangiliklar
Eden Azar: "O'ynashni xohlayman, ammo bu qiyinligini bilaman. Og'ir yil, ammo men uni juda katta klubda o'tkazdim"
Eden Azar "Real"da ko'proq o'ynashni xohlashini aytdi.
"Real"ning Ispaniya Kubogi finali doirasidagi "Osasuna" (2:1)ga qarshi o'yindagi g'alabasidan so'ng yarim himoyachidan ko'proq o'yin daqiqalari olish imkoniyatlari haqida so'rashdi.
"Do'stim, men bunga umid qilaman. Bu og'ir yil bo'ldi, ammo men uni juda katta klubda o'tkazdim. Menda murabbiy va o'yinchilar bilan yaxshi munosabatlar bor. O'ynashni xohlayman, ammo bu juda qiyinligini bilaman. Men shunchaki ishlashim va maydonga ko'proq chiqishga umid qilishim kerak", – dedi Azar.
32 yoshli futbolchi joriy mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda 9ta o'yinda 331 daqiqa harakat qilib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar