Edegor Zidanning kelasi mavsum uchun rejalarida bor. Unga "Real"da imkoniyat taqdim etiladi
25 may 2020 17:04
Yangiliklar
Edegor Zidanning kelasi mavsum uchun rejalarida bor. Unga "Real"da imkoniyat taqdim etiladi
Ijara asosida "Real Sosedad"da o'ynayotgan "Real" yarim himoyachisi Martin Edegorga kelasi mavsumda "qaymoqranglilar"da imkoniyat taqdim etiladi.
21 yoshli norvegiyalik futbolchi "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning rejalariga kiradi. U yozda ijaradan ortga qaytariladi va bosh jamoada o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat beriladi.
"Real" inqiroz tufayli yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar fonida Edegorga jamoani kuchaytira oladigan o'yinchi sifatida qaramoqda.
Edegorning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, norvegiyalik futbolchi Madrid jamoasida 2015 yilda debyut qilgan. O'shanda u 16 yosh 157 kunlik edi va Martin "Real" tarixida debyut qilgan eng yosh o'yinchi bo'lgandi.
SHundan so'ng u "Xerenven" va "Vitess" klublarida ijarada o'ynadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar