So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  3 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  0 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  34 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  32 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  101 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9

ECHL yarim finalida gol urgan zavod o'yinchisi Dia haqida Yangiliklar

ECHL yarim finalida gol urgan zavod o'yinchisi Dia haqida

"Vilyarreal" CHempionlar Ligasi finaliga chiqa olmagan bo'lsa-da, jamoaning o'ziga xos yo'li hammaning yodida qolgani aniq.

Bu hikoyaning o'z qahramonlari bor. Ulardan biri 20 yoshida plastikni qayta ishlab chiqarish zavodida ishlagan, 25 yoshida esa CHempionlar Ligasi yarim finalida gol ura olgan forvard — Bulaye Dia. Qahramonimiz buzilgan mashinasi hamda bilakdan olingan g'alati test sababli akademiyaga bora olmagan. Uelsda to'p tepishi mumkin edi, ammo zavodda ishlashni maqul ko'rgan. Bulaye Dianing professional futboldagi yo'li "hech qachon taslim bo'lmaslik — muvaffaqiyatning kaliti" ekanligiga yorqin isbot desak, adashmaymiz.



• Dia 12 yoshida otasi bilan "Sent-Eten" bazasi tomon yo'l oladi, lekin etib bora olmaydi:

"Meni ikki kunlik ko'rikka taklif qilishdi va bundan juda xursand bo'ldim. Otam bilan 9:00da uyg'ondik va "Reno"ga qarab otlandik. Qanday bo'lmasin, tezroq borishni istadik va hattoki, pulli yo'l marshrutini tanladik. Ammo yo'lda mashina buzilib qoldi. Avvaliga tuzatishga urinib ko'rdik, biroq ish o'xshamagach, taksi buyurtma qildik va uyga qaytdik".

Dianing aytishicha, uzoq paytgacha mashina bilan ovvora bo'lib qolishgan va klub vaziyatni tushunadi deb o'ylashgan. Lekin "Sent-Eten" qaytadan ko'rik o'tkazishni rad etgan. Bulaye juda xafa bo'lmagan: "12 yoshda bu katta fojia emas. Ikki kun g'amgin yurgan bo'lsa-da, keyin unutib yuborgan".

• 13 yoshli Dia ikkinchi marta urinib ko'rishga qaror qildi:

"Lion" akademiyasi tomon yo'l oldi. U erda g'alati sabab tufayli uni rad etishgan: "Kelgusidagi taxminiy bo'yimni bilish uchun, bilagimni test qilishdi. Natija yomon chiqdi. Aytishlaricha, bo'yim yaxshi o'smas ekan va ularga kerak bo'lgan forvard talablariga javob bera olmas ekanman".


Hozir Dianing bo'yi — 1.80 sm. To'g'ri, "targetmen" emas, ammo yaxshi sakray oladi va boshi bilan ham gol ura oladi

• Qator muvaffaqiyatsizliklardan so'ng Bulaye professional futbol haqidagi orzularini bir chetga surib qo'ydi. Keyin esa bor etiborini oilasiga qaratdi, elektrik licenziyasini oldi va plastikni qayta ishlab chiqarish fabrikasida ishladi. Dia jismoniy mehnatni hurmat qiladi:

"Elektriklik kasbini menga akam o'rgatgan. Bu juda qiziqarli ish, faqat qishda yarim kunlik ishlar izlaganman, o'shanda biroz qiyinchiliklar bo'lgan. Masalan, kechasi yuk tashuvchi bo'lib ishlaganman".

U og'ir ishda ishlar va Franciyaning 7-divizionida to'p tepardi — jamoada zavod yigitlari yig'ilgandi. Birdan ajoyib hodisa ro'y berdi — Dianing bolalikdagi do'sti uni Uelsga chaqirdi:

"Bu "Eyrbas" edi, klub Uelsning oliy divizionida o'ynardi. Keldim, ko'rikdan yaxshi o'tdim, lekin yana Franciyaga qaytib ketdim. CHunki oilamsiz yashash qiyin. Mening rejam francuz tizimi ligasi orqali professional darajaga ko'tarilish edi".


• Qizig'i shundaki, bu narsa amalga oshdi. 21 yoshida "Yura Sud" varianti paydo bo'ldi — u havaskor daraja bo'lsa-da, 4-ligada o'ynardi. Dia 2017/18 yilgi mavsumning 21 uchrashuvida maydonga tushib, 15ta gol urdi. Keyin esa "Reyms" (Liga 1!) etiboriga tushdi.


Dia taktika va doimiy mashg'ulotlarga ko'nikishi uchun uzoq vaqt kerak bo'ldi. Qolaversa, Manening maqtovlaridan juda uyalardi

Bulaye professional darajada o'zini yo'qotib qo'ymadi. "Reyms"ning o'rinbosarlar tarkibidan faoliyatini boshlagan qahramonimiz, asta-sekin birinchi jamoaga qo'shildi. 2018/19 yilgi mavsum 18 o'yinda 3ta gol, 2019/20 yilgi mavsum 24 o'yinda 7ta gol, 2020/21 yilgi mavsum 36 o'yinda 14ta gol urdi. SHuningdek, kuchli (PSJ, "Marsel", "Renn" kabi) jamoalarga qarshi bahslarda doim yaxshi o'ynay olgan.



Albatta, qiyinchiliklar ham bo'lgan:

"Avvaliga yoshlarni tayyorlash markazlaridan o'tgan o'yinchilar bilan solishtirganda qator jihatlar ustida ko'p ishlashim kerakligini anglab, biroz vahimaga tushganman. SHunday bo'lsa-da, katta ishtiyoq bilan kamchiliklarim ustida ishlay boshladim, texnik jihatdan yangiliklarni tezda o'zlashtirib olishga urinardim.  Eng qiyini — har kuni shug'ullanish edi. Jamoa bilan bo'lishi shartmas, asosiysi har kuni tanani yaxshilashga harakat qilish. Yana bir qiyin jihati — taktikaga moslashish. Buni o'zimda sinab ko'rdim: jismoniy tomondan raqobatchilarga etib olish, taktik tomondan bu ishni amalga oshirishdan osonroq".

2021 yil yozda eng yaxshi yosh yulduzlar transferi hisobiga kun ko'ruvchi "Reyms" jamoasi Diani "Vilyarreal"ga sotdi. Klub forvard uchun 12 million evroga ega bo'ldi — eng manfaatli transferlar bo'yicha ikkinchi o'rin. Dia o'yinlarni shiddat bilan boshladi — UEFA Superkubogidagi "CHelsi"ga qarshi bahsda assist qayd etdi. Biroq klubdagi birinchi mavsum unchalik ham ko'zga tashlanmayapti: La Liga 22 bahsida 5+4. Unda jarohatlar va yangi ligaga moslashish jarayoni qiyin kechmoqda. Ammo Bulayening termaga katta foydasi tegmoqda.

To'g'ri, Afrika Kubogida gol urolmadi, lekin to'psiz harakat va himoyalanishda foyda keltirdi. JCH-2022 saralashida esa Dia Misr darvozasiga o'ta muhim gol urishga erishdi — Senegal uchun 210 daqiqalik og'ir bahsdagi yagona gol. Penaltilar seriyasida forvard maydonni tark etib bo'lgandi, ammo jamoadoshlari Misrni yana bir bor mag'lub etishdi va Afrika Kubogini ham, JCH yo'llanmasini ham o'zlari bilan olib ketishdi. Dia iqtidorining muxlislaridan biri — Senegal termasi etakchisi Sado Mane hisoblanadi. U Bulayeni 2020/21 yilgi mavsum davomida bildi. O'sha paytlarda hujumchi "Reyms" tarkibida muntazam gol ura boshlagandi:

"U Franciyada uzoq ushlanib qolmasa kerak. Uning o'yinidan hayratdaman", — degandi Sado.


"Bunday gaplarni eshitish yoqimli va yuragimga qattiq tasir qildi. Men haqida shunday futbolchilar gapirayotganiga ishonish qiyin", — deb javob bergan edi maqtovlar haqidagi savolga Dia.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика