So’nggi yangiliklar

10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  1 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8

ECHL uchun kurash... "Manchester Yunayted" o'z maydonida "CHelsi"ni qabul qiladi (prevyu) Yangiliklar

ECHL uchun kurash... "Manchester Yunayted" o'z maydonida "CHelsi"ni qabul qiladi (prevyu)

Bugun APLda katta jang!

«MANCHESTER YUNAYTED» - «CHELSI»
«Old Trafford», Manchester.
Premer-Liga, 36-tur.
Yakshanba, 28 aprel 2019 yil
Boshlanish vaqti: 16:30 (Manchester) - (20:30 Moskva).

TARKIBLAR BORASIDAGI HOLAT

«Manchester Yunayted»

Tizzasidagi jarohati sabab so'nggi 6 o'yinda qatnashmagan Ander Errera bugun safga qaytishi mumkin. So'nggi o'yinlarda xatolarga yo'l qo'yayotgan bo'lsa-da, Sulsher darvozabon David De Xeaga ishonishini aytib o'tdi. Fitnes testlardan o'ta olmagani uchun Skott Maktominay hamda "Everton"ga qarshi o'yinda jarohatlangan Fil Jonsning o'yinda qatnashishi so'roq ostida turibdi.

Diskvalifikaciya: Yo'q
Jarohatlanganlar: Valensiya, Bayi.
So'roq ostida: Errera, Jons, MakTominay.

«CHelsi»

"Liverpul"ga qarshi o'yinda jarohatlangan Antonio Ryudiger safga qaytishga yaqin. Biroq "Bernli"ga qarshi o'yinda kichik jarohat orttirib olgan Ngolo Kantening o'yinda qatnashish extimoli past baholanmoqda. Kallum Xadson–Odoi esa uzoq muddatga safdan chiqqani rasman malum bo'ldi.

Diskvalifikaciya: Yo'q
Jarohatlanganlar: Xodson- Odoi, Ampadu, van Ginkel
So'roq ostida: Kante, Ryudiger.

MA'LUMOTLAR

«Manchester Yunayted»
Barcha turnirlardagi so'nggi 5 o'yin: M-M-M-G'-M
6-o'rin, 64 ochko.

"Qizil iblislar" so'nggi 9 o'yinining 7tasida mag'lub bo'lishdi. Bu holat 1962 yilning sentyabridan buyon ilk marta kuzatildi. O'shanda bu inqiroz aynan yakshanba kuni tugatilgandi.

Jamoa 5 marta ketma ket ikki uy o'yinida mag'lub bo'lgan. So'nggi marta bu hodisa 2014 yilda Devid Moyesning MYUsida qayd etilgan.

Jamoa bu mavsumda 50 gol o'tkazib yubordi va bu klub antirekordi sanaladi. Jamoa ketma-ket 12 o'yindan buyon gol o'tkazib yubormoqda. Jamoaning gol o'tkazib yuborish borasidagi seriyasi 1970 yilda bo'lgan va o'shanda ketma-ket 16 o'yinlik seriya qayd etilgan.

"Qizil iblislar" Skott Maktominayning "Vulverxempton"ga urgan golidan keyin 527 daqiqa mobaynida o'yindan gol urmadi.

Jamoa so'nggi 3 o'yinda gol kirita olmadi. Bu holat 1992 yilda ham kuzatilgandi.

«CHelsi»
Barcha turnirlardagi so'nggi 5 o'yini: G'-G'-M-G'-D
4-o'rin, 67 ochko.

"CHelsi" bu mavsum top-6 jamoalarga qarshi o'tgan so'nggi 6 safar o'yinida mag'lub bo'ldi, to'plar nisbati 1:13.

Ular kuchli oltilik jamoalariga qarshi o'tgan so'nggi 8 safar o'yinida g'alabaga erishishganicha yo'q. So'nggi g'alaba 2017 yilning avgustida qayd etilgandi.

2016 yilning sentyabr oyidan buyon "CHelsi" APLda ketma-ket uch o'yinda zafar qucha olmagan. Ammo shundan keyin jamoa ketma-ket 13 o'yinda g'alabaga erishdi.

"CHelsi" bu mavsumda birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborgan 11 o'yinning faqatgina ikkitasida g'alaba qozondi. Ushbu g'alabalar "Kardiff" ustidan qo'lga kiritildi.

"CHelsi" "Old Trafford"dagi 6 g'alabasini 6 hil murabbiy bilan qo'lga kiritgan: Glenn Xoddl, Ruud Gullit, Klaudio Raneri, Joze Mourinyu, Rafael Benites va Karlo Anchelotti. Qayd etish kerak, shularning 5 nafari "Old Trafford"dagi ilk o'yinida g'alaba qozongan.

O'ZARO O'YINLAR

Tomonlar o'zaro 182 o'yinda qatnashishgan. "Yunayted" 75, "CHelsi" esa 53 o'yinda g'alaba qozongan. 54 o'yinda durang qayd etilgan.

"Manchester Yunayted"ni APLda eng ko'p mag'lub etgan jamoa - "CHelsi", 18 g'alaba.

Agarda "Yunayted" g'alabaga erishadigan bo'lsa, 1957 yilning yanvaridan keyin ilk marta jamoa "CHelsi"ni o'z maydonida ketma-ket uch marta mag'lubiyatga uchratishi mumkin.

"Yunayted" barcha turnirlarda "CHelsi"ga qarshi so'nggi 6 o'yinning 3tasida (1 durang, 2 mag'lubiyat) g'olib bo'ldi. Bunga qadar jamoa ketma-ket 12 o'yinda "CHelsi"ni yuta olmagandi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика