So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  10 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  37 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

ECHL. Amaldagi chempion Neapolda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

ECHL. Amaldagi chempion Neapolda mag'lub bo'ldi

UEFA CHempionlar ligasi 2019/2020 musobaqasining birinchi turidan o'rin olgan "Napoli" - "Liverpul" bahsida mezbonlar haqli g'alabani qo'lga kiritishdi.

O'yinda Mertens va Lorentening gollari Karlo Anchelotti shogirdlariga g'alaba keltirdi.

SSC Napoli

Dries Mertens - 82', Fernando Llorente - 90'

Champions League Grp. E . 1-tur

18/09/2019, 01:00

0
:
2
Tugadi

Liverpool

Stadion: San Paolo, 38878 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Brych

45'
90'
66'  Lorenzo Insigne (Piotr Zielinski)
69'  Hirving Lozano (Fernando Llorente)
75'  Allan (Eljif Elmas)
82'  Dries Mertens
90'  Fernando Llorente
90'  Fernando Llorente
57'  Andrew Robertson
61'  James Milner
66'  James Milner (Georginio Wijnaldum)
87'  Jordan Henderson (Xherdan Shaqiri)

Napoli Italiya – Liverpul Angliya 2:0 (0:0), (2:0)

18 sentyabr, 00:00, «San-Paolo»

Gollar: 81, Mertens - 1:0, 90+2, Lorente - 2:0.

Napoli – Meret, Mariu Ruy, Di Lorenco, Kulibali, Manolas, Kalexon, Allan (76, Elmas), Losano (69, Lorente), Fabian Ruis, Insine (68, Zelinski), Mertens.

Liverpul – Adrian, Aleksander-Arnold, Matip, Robertson, van Deyk, Xenderson, Milner (68, Veynaldum), Fabino, Mane, Firmino, Salax.

 Ogohlantirishlar: Robertson (57), Milner (61).

                                UCHRASHUV YAKUNLANDI


90+2. GOL! Lorente - 2:0. Darvozabon va himoyachilarning xatosi qimmatga tushdi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

81. GOL! Mertens! "Napoli" hisobda oldinga chiqib oldi! Adrian to'p yo'nalishini topa oldi, ammo qaytara olmadi.

80. Penalti! Kalexon yiqitildi. Mertens 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

76. O'zgarish. Allan o'rniga Elmas tushdi.

74. Manening kuchsiz zarbasini Meret ushlab oldi. O'yin biroz zerikarli bo'lmoqda.

69. O'zgarish. Losano o'rniga Lorente tushirildi.

66. O'zgarishlar. Milner o'rniga Veynaldum, Insine o'rniga Zelinski tushdi.

65. Salaxning zarbasiga Aleks Meret to'g'anoq bo'ldi. Ajoyib zarba va seyv. Darvozaning chapki past burchagiga berilgandi. 

62. "Napoli" ikkinchi taymda ancha faol o'ynamoqda va mehmonlarni qo'pollik ishlatishga majbur qila olmoqda.

61. Ogohlantirish. Milner Kalexonga nisbatan qo'pol o'ynadi.

57. Ogohlantirish. Robertsonda sariq kartochka bor endi.

57. Xenderson Allanga nisbatan o'ta qo'pol o'ynadi

54. Insinening zarbasi Arnoldning qo'liga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Penalti yo'q. CHunki, Trentning qo'li to'pdan olib qochishi uchun masofa etarli emasdi.

49. UXXX. Mertensning zarbasini Adrian bir amallab qaytarib qola bildi. Bo'sh qolgan darvozaga kirib ketayotgan to'pni ispaniyalik posbon qaytardi.

— Ikkinchi bo'lim start oldi.

TANAFFUS

43. Milner Salaxga uzatma berdi, Mariu Ruy bartaraf etdi. Burchak to'pidan Firmino gol urishi mumkin edi. Boshi bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

41.  Manega qarshi Kulibali qo'lini ishlatdi, va Feliks Brixning etiborini tortdi.

34. O'yin tempi pasaydi...

29. Firminoning jonsiz zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz egallab oldi.

25. Mertens o'ng qanotdan qochib ketmoqchi bo'ldi, van Deyk xotirjamlik bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

23. Salax boshlagan hujumni Mane davom ettirdi, Xendersonning yakuniy zarbasi noaniq chiqdi.

20. Mane chap oyog'ida zarba yo'lladi. U hisobni ochishi mumkin edi, biroq Meret bunga yo'l qo'ymadi. 

18. Firminoning pasi o'tmadi. Arnoldni darvozabon bilan yakkama-yakka qo'yib bermoqchi bo'lgandi.

14. Van Deyk "Napoli"ning xavfli hujumini buzdi va to'pni oldinga tashlab berdi. 

12. Fabino Salaxni oldinga boshladi, bu safar misrlik futbolchini Kulibali to'xtatib qoldi. Salax vaziyatdan foydalana olmagani uchun afsuslanmoqda.

Dastlabki 10 daqiqada mezbonlar aytarlik ikkita hujum uyushtirishdi, ammo Yurgen Klopp shogirdlari bilan Neapol shahriga bekorga kelmagani ko'rinib turibdi. 

7. Adrianda ikkita ajoyib seyv. Fabian Ruizning ketma-ket zarbalari qaytarildi. Qaytgan to'pni darvozaga joylab qo'ygan Losanoning goli hisobga olinmadi. O'yindan tashqari holat yuzaga keldi

5. "Napoli" futbolchilari ham burchak zarbasidan naf chiqara olishmadi, ammo Salaxning qarshi hujumga o'tib ketishini maydon markazida bartaraf etishga ulgurishganini aytish kerak.

3. Salaxning tezligiga etibor bering. Juda yuqori tezlik va o'ng qanotdan yurish. Burchak zarbasi ishlab olindi.

1. "Liverpul" futbolchilari o'yinni boshlab berishdi.

— UCHRASHUV BOSHLANDI! 


— ECHL madhiyasi yangramoqda...

— Assalomu alaykum, ECHLning yangi mavsumini intiqlik bilan kutgan aziz muxlislar! Birozdan so'ng, "San Paolo" stadionida olovli jang guvohiga aylanishga umid qilib qolamiz!


Napoli Italiya – Liverpul Angliya 2:0 (0:0), (2:0)

18 sentyabr, 00:00, «San-Paolo»

Gollar: 81, Mertens - 1:0, 90+2, Lorente - 2:0.

Napoli – Meret, Mariu Ruy, Di Lorenco, Kulibali, Manolas, Kalexon, Allan (76, Elmas), Losano (69, Lorente), Fabian Ruis, Insine (68, Zelinski), Mertens.

Liverpul – Adrian, Aleksander-Arnold, Matip, Robertson, van Deyk, Xenderson, Milner (68, Veynaldum), Fabino, Mane, Firmino, Salax.

Ogohlantirishlar: Robertson (57), Milner (61).

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика