So’nggi yangiliklar

00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  2 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  18 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  9 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  58 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  14

ECHL. 15 daqiqada ikkita gol o'tkazgan "Real" superkambek qayd etib, "Liverpul"ni safarda tor-mor etdi Yangiliklar

ECHL. 15 daqiqada ikkita gol o'tkazgan "Real" superkambek qayd etib, "Liverpul"ni safarda tor-mor etdi

ECHL 1/8 finali bosqichidagi "Liverpul" va "Real Madrid" o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

SAHIFANI YANGILASH

"Liverpul" (Angliya) – "Real Madrid" (Ispaniya) 2:5

22 fevral, 01.00, «Enfild»

Gol: 1:0 – 4 Nunes, 2:0 – 14 Salax, 2:1 – 21 Vinisius Junior, 2:2 – 36 Vinisius Junior, 2:3 – 47 Militao, 2:4 – 55 Benzema, 2:5 – 67 Benzema.

"Liverpul" – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Gomes (Matip, 73), Robertson, Baychetich (Elliott, 85), Xenderson (Milner, 73), Fabino, Salax, Gakpo (Firmino, 64), Nunes (Diogu Jota, 64).

"Real Madrid"– Kurtua, Karvaxal, Ryudiger, Militao, Alaba (Nacho, 27), Modrich (Kroos, 87), Valverde, Kamavinga, Benzema (Asensio, 87), Vinisius Junior, Rodrigo (Sebalos, 81).

Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (60), Elliott (90).

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga maktabda "yigit bahosi" deb ataladigan qiymatga teng daqiqa qo'shib berildi.

86. Kroos va Asensio Benzema hamda Modrich o'rniga uchrashuvni yakunlab qo'yadi.

85. Yosh Eliot yosh Baychetich o'rniga maydonga tushdi.

"Liverpul" darvozasiga 6 ta aniq zarba berildi va 5 tasi golga aylandi.

81. Sebalos Rodrigo o'rniga o'yinni yakunlab qo'yadi.

76. Jota qanotdan oshirilgan to'pni tepsammi, tepmasammi deya xayolida atirgul barglarini yulaman deguncha "Real" himoyachisi undan olib ketib qoldi. Atirgulni emas, to'pni.

73. Milner va Matip Jo Gomes hamda Hendersonni almashtirdi.

67. GOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Benzema shapaloq bo'lishga etarli barmoqlar soniga teng golni urdi! "Liverpul" bitta kam gol urganida, bundan yaxshiroq gap bor edi.


64. Jota va Firmino o'yinga qo'shildi. Ular Gakpo va Nunesni almashtirdi.

63. Ryudigerning YPX jarimaga tortadigan tezlikdagi zarbasi darvozasiga aniq bormagani uchun Alisson shukrona qilayotgan bo'lsa, ajabmas.

60. Valverdi Salohni qarshisida "tiz cho'ktirdi". Hakam esa "Liverpul" foydasiga jarima zarbasi belgiladi.

55. GOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Aytib qo'yay, Alissonni tanqid qilmanglar, u 5 ta aniq zarbadan 1 tasini qaytardi. Benzemaning zarbasidan so'ng to'p rikoshet hosil qilib, darvoza to'ridan o'rin oldi.

52. Modrich tepgani gol bo'ladi deb o'yladi shekilli, chap oyoqda zarba yo'lladi. Balki zarba aniq borganida, nimadir sodir bo'lishi mumkin edi.

48. GOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! "Oskar" mukofotiga loyiq uchrashuv davom etadi. Modrichning jarimadan uzatgan to'piga qaerdanidir Militaoning kallasi paydo bo'lib, uni darvozaga joylab qo'ydi!


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Jamoalar maydonga qaytishdi. To'g'ri, ulargayam kiyinish xonasida 15 daqiqa davomida oson bo'lmagan. Ayniqsa, ikkala klub darvozabonlariga.

Ey-e, birinchi bo'lim tugab qolibdi-ku! Hechqisi yo'q, hali yana bir soatga yaqin uchrashuv bizni kutib turibdi. Uxlab qolgan sheriklaringiz bo'lsa, haliyam ko'rpasini tortib tashlab, uyg'otishga kech emas. Men futbolchilar kabi klaviaturalarda 45 daqiqadan beri tinim bilmayotgan barmoqlarimga biroz dam beraman.

45. Alisson Robertsonning peshonasidan cho'lpillatib o'pib qo'ysa arziydi, chunki u muqarrar goldan jamoasini saqlab qoldi. To'g'ri, biroz ter tami keladi-yu, biroq Alissonni o'ziga yo'llanayotgan qo'shtirnoq ichidagi so'zlarni biroz kamaytiradi.

44. Modrich raqib zarbasidan so'ng seyv qildi, shu bois hakam jarima zarbasi belgiladi.

Alisson uchta aniq zarbadan bittasini qaytardi, nega uni tanqid qilyapsizlar-a!

36. GOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Alisson Kurtuadan qolishmay deya bizning ibora bilan aytganda, "poliz mahsulotini tushirdi". Vinisiusning golidan hammadan ko'proq Kurtua va Karius quvongan bo'lsa kerak.


Muxlislar bizning ko'pgina qo'shiqchilardan farqli o'laroq, jonli ijroda va baland ovozda tinimsiz kuylashmoqda.

31. Vinisiusning golini ko'rolmay qolganlar "Povtor bo'lsin" deya taklif qoldirgan shekilli, Vinni deyarli gol urgan nuqtasidan o'sha uslubda zarba yo'lladi, ammo Alisson "Povtorni videoda ko'rasizlar" degan manodagi harakatni amalga oshirdi.

30. "Real" qanotdan hujum tashkil etdi. Jarima maydonidagi Karvaxalga uzatilgan to'pni himoyaga etib kelgan Nunes qaytardi. Nunes ijrosida o'yindan keyin "Meni golurmas deb qiz bermaganlar" nomli yangi tarona kutib qolsak kerak.

26. Alaba bunday ko'rgilikni ko'tarolmadi. Jarohat olgan avstriyalik himoyachining o'rniga istalgan poziciyada o'ynashga o'rganib ketgan Nacho maydonga tushirildi.

Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, aniq zarbalar soni 2:1 ekan. Hisob ham 2:1.

21. GOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Vinisuis hisobni qisqartirdi! Aytgandimu, bu o'yinni ko'rmasdan uxlash mumkin emas deb! Alisson suvga kalla tashlagandek otilsayam, olis burchakka yo'llangan zarbani qaytara olmadi.


Kurtuaning harakatlariga Kloppning reakciyasi

14. GOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Saloh "Liverpul" tarkibida eng ko'p gol urgan o'yinchiga aylandi. Kurtua yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi uchun misrlik futbolchiga to'pni sovg'a qildi, Muhammad esa oradagi farqni oshirdi!


12. Saloh! Misrlik hujumchi o'ng qanotdan o'z uslubida yorib kirib, Kurtuaning yaqin burchagini nishonga olishga harakat qildi, ammo uning oyog'i bilan to'pga yo'llagan tarsakisi to'rni emas, darvoza ortidagi bannerning bag'riga borib tushdi.

11. Alabaning qanotdan uzatmasi futbol dargohiga endi o'qishga kirgan talabaniki singari amalga oshirildi.

Goldan so'ng "Real Madrid" futbolchilari "Ey-e, o'yin boshlandimi?" deya oldinga borishga harakat qilishmoqda.

4. GOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Ko'zlaringizni yaxshilab ishqalab oling! Oyog'i bilan uncha-muncha gol urolmaydigan Nunes tovoni bilan Kurtua darvozasini ishg'ol qildi! Aldaganim yo'q!


2. Gakpo dastlabki daqiqalarda futbol maydonini muz maydoni sifatida tasavvur qilib yubordi.

1. Uchrashuvni mehmonlar boshlab berdi. Bugun "Liverpul" qizil, "Real" oq rangli libosda harakat qiladi.


Uchrashuv 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi.


O'zaro o'yinlar tarixi bilan tanishib olishingiz mumkin.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Turnir madhiyasi yangramoqda. Qo'limizni ko'ksimizga qo'yishimiz shart emas.


Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun uxlash mumkin emas. Mabodo uxlab qolsangiz, ertaga alamingizni kimdandir olib yurmang. Yostiqlarni olib tashlang, ko'zlarni kattaroq oching, bugun dahshatli o'yin guvohiga aylanamiz.

ECHLning amaldagi finalchilari bugun duch keladi. Afsuski, o'tgan mavsum finalchilaridan biri ushbu bosqichda o'z ishtirokini yakunlaydi.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика