So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  16 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

ECHL. Kunning markaziy o'yinlari London va Neapolda o'tadi (prevyu) Yangiliklar

ECHL. Kunning markaziy o'yinlari London va Neapolda o'tadi (prevyu)

Evropa chempionlar ligasining qolgan to'rtta guruhida 4-tur o'yinlari bugun o'tkaziladi.
Kecha faqatgina "B" guruhi jamoalari (PSJ, "Bavariya") muddatidan avval pley-off masalasini rasman hal etishdi.

Bugun bo'lib o'tadigan uchrashuvlar ichida eng etiborga molik o'yinlar Londonda va Neapolda bo'ladi.

Londonda "H" guruhi peshqadamlari "Tottenxem" va "Real" o'zaro bahsda birinchi o'rin masalasini hal etishsa, Neapolda "Napoli" "F" "kvarteti"ning yakka hokimi "Manchester Siti"ni mehmon qiladi.

Biz tartib bo'yicha guruhlardagi holat va kutilayotgan o'yinlar xususida to'xtalamiz.



Demak "E" guruhidan boshlaymiz.
O'tgan turda Sloveniyada "Maribor"ni uyaltirgan "Liverpul" bugun "Enfild"da bu ishni takrorlashga urinib ko'radi. "Maribor" esa bu bahsga imkon qadar sharmandali hisob qayd etilmasligi uchun kurashishini taxmin qilish mumkin.
G'alaba esa "Liverpul" guruhda peshqadamlikni saqlab qolish imkoniyatini beradi.
Guruhdagi narigi to'qnashuv Ispaniyada bo'lib o'tadi. Moskvada "Spartak"dan "qaynoq" dush qabul qilib olgan "Sevilya" bugun revansh oladimi, degan savol hozirda ko'pchilikni qiziqtirmoqda.
"Sevilya" turnir jadvalidagi holatdan kelib chiqadigan bo'lsa, bugun faqat va faqat g'alabaga kurashadi. Aks holda guruhdan chiqish imkoniyatlari keskin pasayib "Spartak"ning Ispaniyada safaridagi eng asosiy missiyasi - yutqazmaslik.


"E" guruhi
"Liverpul" - "Maribor" (00:45)
"Liverpul"
: Karius; Aleksander-Arnold, Matip, Klavan, Moreno; Milner, Djan, Veynaldum; Oksleyd-CHemberlen, Starridj, Salax
O'ynamaydi: Mane (jarohat), Lallana (jarohat)
So'roq ostida: Lovren (jarohat), Koutino (jarohat)
"Maribor": Xandanovich; Viler, SHuler, Raychevich, Milec; Vrxovec, Kabxa, Boxar, Axmedi, Bayde; Tavares
O'ynamaydi: Xodjich (diskvalifikaciya), Zaxovich (jarohat), SHme (jarohat)

"Sevilya" - "Spartak" (00:45)
"Sevilya"
: Soriya; Korshya, Ker, Langle, Eskudero; N'Zonzi, Banega; Xesus Navas, Vaskes, Sarabiya; Ben-Yedder
O'ynamaydi: Karrisu (jarohat), Parexa (jarohat), Korrea (jarohat)
So'roq ostida: Merkado (jarohat)
"Spartak": Selixov; Petkovich, Taski, Djikiya, Kombarov; Fernando, Glushakov; Melgarexo, Popov, Promes; Luis Adriano
O'ynamaydi: Zobnin (jarohat), Rebrov (jarohat), Tigiev (jarohat), Timofeev (jarohat), Ananidze (jarohat), Samedov (jarohat)
So'roq ostida: Bokketti (jarohat), Eshhenko (jarohat), Ze Luish (jarohat)



"F" "kvarteti"da esa bugun qiziqarli bahs bo'lib o'tadi. Neapolda mehmon bo'ladigan "Manchester Siti" nimchorak final masalasini hal etishi mumkin. Buning uchun Gvardiola jamoasi Sarri boshqaruvidagi "Napoli"dan ochko olishlari kifoya.
"Napoli" esa kurashdan chiqib ketmaslik uchun ham "Siti"ni taslim etish choralarini topishga majbur. G'alabagina "Napoli"ni guruhdan chiqish imkoniyatlarini saqlab qoladi.

"F" guruhi
"SHaxter" - "Feyenoord" (00:45)
"SHaxter"
: Pyatov; Butko, Ordec, Xocholava, Ismaili; Fred, Stepanenko; Marlos, Tayson, Bernard; Ferreyra
O'ynamaydi: Krivcov (jarohat), Malishev (jarohat), Srna (diskvalifikaciya), Rakickiy (diskvalifikaciya)
So'roq ostida: Bernard (jarohat)
"Feyenoord": Djons; Nivkoop, van Beek, Sen-Jyust, Xaps; El-Axmadi, Toornstra, Vilena; Bergxeys, Yorgensen, Boetyus
O'ynamaydi: Bottegin (jarohat), van der Xeyden (jarohat)
So'roq ostida: Tapiya (jarohat), van Beek (jarohat), Nelom (jarohat)

"Napoli" - "Manchester Siti" (00:45)
"Napoli"
: Reyna; Xyusay, Albiol, Kulibali, Gulyam; Allan, Diavara, Gamshik; Kalexon, Mertens, Insine
O'ynamaydi: Seneze (diskvalifikaciya), Milik (jarohat)
"Manchester Siti": Ederson; Uoker, Stounz, Otamendi, Delf; de Breyne, Fernandino, David Silva; Bernardu Silva, Jezus, Sane
O'ynamaydi: Mendi (jarohat), Kompani (jarohat)



Bu guruhda etakchilik qilayotgan "Beshiktosh" jamoasi o'z uyida autsayder "Monako"ni qabul qiladi. Franciyada o'tgan bahsda g'alabani qo'lga kiritgan "Beshiktosh" endi nimchorak final yo'llanmasini rasmiylashtirishi uchun yana bir bor g'alaba qozonishi talab etiladi. Guruhdagi ikkinchi yo'llanma uchun kurashayotgan "Portu" hamda "Leypcig" esa bugun Portugaliyada to'qnash keladi. Bu jamoalarning o'tgan turdagi Germaniya o'tgan bellashuvida "buqalar" muhim g'alabani tantana qilishgandi. Ushbu o'yin kim ikkinchi yo'llanma uchun kurashni davom ettirishini belgilab beradi. "Portu"ning "Leypcig"ni bilan o'zaro hisob-kitobi bor. Ralf Xazzenxyutll jamoasi esa ECHLdagi o'zining debyut mavsumidayoq guruhdan chiqish vazifasini uddalamoqchi.

"G" guruhi
"Beshiktosh" - "Monako" (22:00)
"Beshiktosh"
: Fabri; Gekxan Genyul, Pepe, Toshich, Adriano; Xatchinson, Tolgay Arslan; Kuarejma, Taliska, Babel; Djenk Tosun
"Monako": Subashich; Radji, Glik, Jemerson, Jorj; Tilemans, Fabino; Lopesh, Moutinyu, Lemar; Balde
O'ynamaydi: Falkao (jarohat), Sidibe (jarohat), Kongolo (jarohat)

"Portu" - "RB Leypcig" (00:45)
"Portu"
: Joze Sa; Rikardu, Felipe, Markano, Telles; Korona, Errera, Danilu, Braximi; Marega, Abubakar
So'roq ostida: Soares (jarohat), Otavio (jarohat)
"RB Leypcig": Gulach; Klostermann, Orban, Upamekano, Xalstenberg; Zabitcer, Kampl, Keyta, Demme, Forsberg; Verner
O'ynamaydi: Ilsanker (jarohat)


Bu "kvartet"da muhim masalalar deyarli hal etilgan. Faqatgina kim birinchi o'rinda qolishi va qaysi jamoa Evropa ligasiga yo'llanma olishi ochiq qolmoqda. O'tgan turda barcha jamoalar bir ochkodan qo'lga kiritishgan holda o'z o'rnilarini saqlab qolishgandi. Natijada "Borussiya" uchun guruhdan chiqish imkoniyatlari juda keskin kamayib ketdi. Nazariy jihatdan imkoniyat bo'lsada, ammo buni amalga oshirish juda qiyin masala.
Ayni paytda guruhda "Tottenxem" hamda "Real" bir xil ochko va bir xil to'plar nisbati tashkil qilgan holda qo'shpeshqadamlik qilishmoqda. APOEL hamda "Borussiya" jamoalari hisobida ham bir xil (1) ochko mavjud va ular 3-4 o'rinni bo'lishib turishibdi.

Guruh peshqadamini aniqlab beradigan o'yin bugun Londonda o'tadi. Madridda aniqlanmagan g'olibni Londondan qidirib ko'ramiz.

Dortmundda esa "Borussiya" APOELni mehmon qiladi. ECHLda hali g'alabaga erishmagan "Borussiya" nihoyat bu safar ushbu noxush seriyaga barham berishi mumkin. Ammo APOEL ham Evropa ligasi yo'llanmasi uchun bugun o'zining final uchrashuvini o'tkazadi.
Bu guruhdagi ikkita o'yin ham keskin va qiziqarli o'tishi aniq.


"H" guruhi
"Tottenxem" - "Real" (00:45)
"Tottenxem"
: Loris; Alderveyreld, Sanches, Vertongen; Ore, Dayer, Dembele, Devis; Eriksen, Alli; Keyn
O'ynamaydi: Vanyama (jarohat)
"Real": Kasilya; Xakimi, Ramos, Nacho, Marselo; Kazemiro, Kroos, Modrich, Asensio; Ronaldu, Benzema
O'ynamaydi: Karvaxal (jarohat), Beyl (jarohat), Kovachich (jarohat), Keylor Navas (jarohat), Varan (jarohat)

"Borussiya" - APOEL (00:45)
"Borussiya"
: Byurki; Bartra, Papastatopulos, Toprak, SHmelcer; Vaygl; Kagava, Getce; Yarmolenko, Obameyang, Filipp
O'ynamaydi: Pishhek (jarohat), Durm (jarohat), Roys (jarohat), Rode (jarohat)
APOEL: Gudino; Vuros, Karlao, Rueda, Aleksandru; Vinisius, SHolloi, Nunu Moraish; Efrem, Pote, Aloneftis
O'ynamaydi: Bertolo (jarohat), Lago (jarohat), Ebesilio (jarohat), Milanov (jarohat), Vaterman (jarohat)


Bugun qaysi jamoalar pley-off masalasini hal etishlari mumkin?
"Manchester Siti", "Beshiktosh", "Tottenxem" va "Real"
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика