So’nggi yangiliklar

02:59Конференциялар лигаси. "Фиорентина" ютқазди, "Пэлас"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 01:58"Наполи" Италия Суперкубоги финалида!  2 01:29Бастони "Барселона"нинг қизиқишлари ҳақида гапирди  0 00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  0 00:25Туркия кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди  17 00:13"Атлетико" ҳимоячиси 2 ойга сафдан чиқди  0 23:58Араб Кубоги. Марокаш Иорданияни иродали тарзда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  1 23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  5 22:51"Guardian" 2025 йилнинг энг яхши футболчилари рейтингини тузди: Месси қайси ўринда?  4 22:30Тебас: "ЛаЛига ўйинлари Испаниядан ташқарида бўлса нима?"  1 22:12Бруну Фернандеш: "Одамлар Португалия термаси Роналдусиз яхшироқ ўйнайди деб ўйлашади. Агарда бу шундай бўлса, айб бизда"  6 21:54"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилди  3 21:15Эрон кубоги. "Трактор" пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, "Персеполис"ни турнирдан чиқариб юборди  3 20:55"Adidas" Салоҳ учун янги дизайндаги бутсаларини тақдим қилди  0

ECHL karvoni “San-Siro” tomon yo'l chiqdi yoxud birinchi tur tahlili Yangiliklar

ECHL karvoni “San-Siro” tomon yo'l chiqdi yoxud birinchi tur tahlili

Farg'onaning “Ruxsor” radiosi “Futbol kundaligi” loyihasi ECHLning ilk turini tahlil qildi.

CHL nomiga ega bo'lgan mashhur futbol karvoni Milandagi “San-Siro” arena taraf yo'lga chiqdi.  Evropaning 32ta top jamoalari may oyida Milan shahriga borish istagi bilan musobaqani boshlashdi va ilk tur bahslari ortda qoldi. Natijalarni tahlil qilamiz.



“ROMA” – “BARSELONA”
“Amaldagi chempionman” deya bahslarga kirishgan “Barselona” “Roma” bilan durang qayd etdi, yoxud Luiz Enrike rimlik “bo'rilar”ni jilovlay olmadi. “Barselona” darvozaboni hali uzoq vaqtgacha “Roma”dan qabul qilingan golni eslab yursa ajab emas.

“REAL” – “SHAXTYOR”
“Real” o'z muxlislarini xursand qilishda davom etmoqda. Sevimli klub g'alaba qilsa, muxlis xalqining xar qanday futbol muhokamalariga boy davralarda gapi butun va katta bo'ladi. Ayni paytda “Real” muxlislari o'z sevimlilarining barqaror o'yinlaridan zavq olishmoqda. Ronaldu gollar urmoqda, himoyachilar esa o'z ishini samarali bajarib, rekordlarga ega bo'lishyapti. Xullas, Madridda hammasi joyida.

“CHELSI” – “MAKKABI”

“CHelsi” CHL ni g'alaba bilan boshladi. Londonda “Makkabi” jamoasini qabul qilgan inglizlar yirik hisobda yutishdi. Ajabtovur Joze janoblari o'yindan so'ng “Makkabi” darvozaboniga to'rt gol uchun rahmat aytgan bo'lsa ajab emas. Axir yutsa ham, mag'lub bo'lsa ham o'zini super murabbiy deb hisoblaydigan Mourino ismli bu inson mazkur g'alabani ko'p kutgandi.

“VALENSIYA” – “ZENIT”

Tur natijalarida kutilmagan hisoblarda qayd etildi. Ruslar birinchi turda hammani xayratga solishdi. Gap “Zenit” haqida ketyapti. Rossiyaliklar “Valensiya” uyida kechgan bahsda 3 ta gol bilan ispanlarni siylashdi. Maydon egalarining 2 ta javob to'pi esa La liga vakillarini mag'lubiyatdan qutqarib qolmadi.


“OLIMPIAKOS” – “BAVARIYA”
“Bavariya”ning ishtahasi doimgidek karnay. Gvardiola shogirdlari ECHL ni gollarga boy g'alaba bilan boshlashdi. Nemis klubi guruh favoriti degan nomni oqlamoqda.

“ZAGREB” – “ARSENAL”
“Arsenal” yutqazdi. So'nggi paytlarda Venger shogirdlari evrokuboklarning shunchaki doimiy ishtirokchisi sifatida yodda qolmoqda. Arsen Venger bu klub uchun umrini bag'ishladi. Biroq xarchand yorqin o'ynamasin “Arsenal” muhim bekatlargacha etib kela olmayapti.

PSV – MYU
Ingliz klublari uchun ilk tur bahslari juda ham zo'r o'tdi deyish qiyin. “MYU” yutqazdi. Manchesterliklar ilk turni “PSV”ga boy berishdi. Van Gal va futbolchilar o'rtasida qandaydir muammo borga o'xshaydi. Birinchi bo'lib hisobni ochib, o'yinni boy berish bu yaxshi qo'ng'iroq emas.

PSJ – “MALME”

Parij klubi yangi mavsumni ajoyib hujum uchligi bilan boshladi. Di mariya, Ibrohimovich va  Kavani kabi ijrochilarga ega bo'lgan “PSJ” SHveciya klubi o'z uyida mag'lub etdi.  Agar Loran Blan mavsum davomida qo'l ostidagi ijrochilardan samarali foydalan olsa, o'z istaganidek ECHLning finaliga qadar etib borsa bo'ladi.



“Ruxsor” TRK matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика