So’nggi yangiliklar

22:26ОФК ЭЧЛ. "Ал Аҳли" - "Насаф" баҳси учун таркиблар маълум бўлди  4 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  0 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  3 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  10 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  19 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  3 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  15 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0

ECHL. CHorak final juftliklari malum yoxud MYU - "Bavariya" Yangiliklar

ECHL. CHorak final juftliklari malum yoxud MYU - "Bavariya"

Toshkent vaqti bilan soat 16:00da Evropa chempionlar ligasining chorak finaliga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
                                             YANGILASH

Mana shu sahifa orqali qura jarayonini yoritib boramiz.

Diqqat qiling! Qura marosimi boshlandi.

Janni Infantino UEFA prezidenti Mishel Platinining chorak finalchilarga yo'llagan tabrigini o'qib eshittirdi. Etiborlisi, chorak finalga 8ta guruhning g'oliblari etib kelishdi.

Har bir klubga atalgan maxsus roliklar namoyish etildi, ajoyib vaziyatlar, ajoyib gollar...

Endi sahnaga Lissabondagi final elchisi Luish Figo taklif etildi. Futbolchilik faoliyatini tugatgan Figo hamon yaxshi formada, oq kostyum va to'q ko'k galstuk kiyib olgan.

Infantino sahnaga UEFA texnik direktori Jorjio Markettini chorladi. U ham qura jarayoni haqida tushuntirish berdi.

Jarayon boshlandi:

Birinchi bo'lib "Barselona" chiqdi!
Birinchi juftlik: "Barselona" - "Atletiko"

"Real"ga kim raqib bo'ladi?
Ikkinchi juftlik: "Real" - "Borussiya D"

PSJ o'z raqibini kutmoqda...
Uchinchi juftlik: PSJ - "CHelsi"

So'nggi juftlik: "Manchester Yunayted" - "Bavariya"


Demak barcha juftliklar bilan tanishib oling:
BARSELONA (Ispaniya) - ATLETIKO (Ispaniya)
REAL (Madrid, Ispaniya) - BORUSSIYA (D, Germaniya)
PSJ (Franciya) - CHELSI (Angliya)
MANCHESTER YUNAYTED (Angliya) - BAVARIYA (Germaniya)

CHorak finalning birinchi o'yinlari 1-2 aprel kunlari, javob bahslari esa 8-9 aprel kunlari bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, musobaqaning bu yilgi finali 24 may kuni Lissabondagi "Eshtadiu du Benfika" stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика