So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

ECHL. Bugun Myunxenda dahshatli to'qnashuv (Prevyu) Yangiliklar

ECHL. Bugun Myunxenda dahshatli to'qnashuv (Prevyu)

Teglar :  BavariyaReal
Bugun Evropa chempionlar ligasi yarim finali doirasida "Bavariya" o'z maydonida "Real"ni qabul qiladi.

"Bavariya" - "Real"
CHorshanba, 23:45. Myunxen, "Alyanc Arena". 

Bosh hakam - Born Kuypers (Gollandiya)

Balki siz ushbu ikki jamoani ECHL finalida ko'rishni istagan bo'lishingiz mumkin, biroq shafqatsiz qura ularni yarim finalda to'qnashtirdi.

Karlo Anchelotti "Bavariya"dan ketganidan keyin jamoaning ishlari yurishib ketdi. Yupp Xaynkes jamoasini Germaniya Kubogi finaligacha olib bordi. Bundesligada chempionlik qo'lga kiritildi. Mana endi ularning oldida ECHL yarim finalida qiyin o'yin kutib turibdi. O'tgan bosqichda myunxenliklar 1/8 finalda "Manchester Yunayted"ni musobaqadan chiqarib yuborgan "Sevilya"ni mag'lub eta olishdi.

"Real" esa o'tgan bosqichda qanday g'alabaga erishgani hali ham muhokama qilinmoqda. "Yuventus" uch to'p farqi bilan oldidan borayotgandi, so'nggi daqiqalarda...

O'ZARO O'YINLAR

Jamoalar o'zaro 24 bora to'qnash kelishgan. SHularning 11tasida "Bavariya"ning, 11tasida esa madridliklarning qo'li baland kelgan. 2 uchrashuvda durang qayd etilgan...

Jamoalarning so'nggi o'zaro 10 uchrashuvi:

Real Madrid - Bavariya 4:2 (CHempionlar ligasi 2016/17, 1/4 final)

Bavariya – Real Madrid 1:2 (CHempionlar ligasi 2016/17, 1/4 final)

Bavariya – Real Madrid 0:4 (CHempionlar ligasi 2013/14, 1/2 final)

Real Madrid – Bavariya 1:0 (CHempionlar ligasi 2013/14, 1/2 final)

Real Madrid – Bavariya 2:1 (CHempionlar ligasi 2011/12, 1/2 final)

Bavariya – Real Madrid 2:1 (CHempionlar ligasi 2011/12, 1/2 final)

Bavariya – Real Madrid 2:1 (CHempionlar ligasi 2006/07, 1/8 final)

Real Madrid – Bavariya 3:2 (CHempionlar ligasi 2006/07, 1/8 final)

Real Madrid – Bavariya 1:0 (CHempionlar ligasi 2003/04, 1/8 final)

Bavariya – Real Madrid 1:1 (CHempionlar ligasi 2003/04, 1/8 final)

So'nggi bahs:

18.04.2017. Ispaniya. Madrid. "Santyago Bernabeu". 78 346 tomoshabin
"Real" (Ispaniya) - "Bavariya" (Germaniya) 4:2
Gollar:
Ronaldu, 76, 104, 109, Asensio, 112 - Levandovski, 53-penalti, Ramos, 77-avtogol
"Real": Navas, Karvaxal, Nacho, Ramos, Marselo, Kazemiro, Modrich, Kroos (Kovachich, 114), Isko (Vaskes, 71), Ronaldu, Benzema (Asensio, 64)
"Bavariya": Noyer, Lam, Boateng, Xummels, Alaba, Alonso (Myuller, 75), Vidal, Alkantara, Robben, Riberi (Kosta, 71), Levandovski (Kimmix, 88)
Ogohlantirish: Kazemiro, 40 - Vidal, 5, 84, Alonso, 70, Xummels, 75, Robben, 101
CHetlatish: Vidal, 84

TAXMINIY TARKIBLAR

QIZIQARLI MA'LUMOTLAR

- "Bavariya" va "Real" - evrokuboklarda o'zaro o'yin o'tkazish borasida rekordchi klublardir. Myunxenda ular o'zaro 25-uchrashuvni o'tkazishadi.

- "Real" uchun ushbu yarim final rekorddir - ular ketma ket sakkizinchi bora ushbu bosqichga etib kelishdi.

- So'nggi 5 bahsda "Real" "Bavariya"ni mag'lub etgan.

- Krishtianu Ronaldu "Bavariya"ga qarshi oxirgi 5 uchrashuvda 7 gol kiritgan.

- "Real" uchun ushbu yarim final umumiy 29-chisi hisoblanadi. Madridliklar 15 bora finalga chiqishgan, 13tasida mag'lub bo'lishgan.

- Agarda "Real" yutadigan bo'lsa, ECHLdagi yubiley 150-g'alaba bo'ladi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика