So’nggi yangiliklar

01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  7 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  7 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  69 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  31 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  110 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  699 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3

ECHL. Ikkita qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda PSJ "Barselona"ni yirik hisobda engib, yarim finalga yo'l oldi Yangiliklar

ECHL. Ikkita qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda PSJ "Barselona"ni yirik hisobda engib, yarim finalga yo'l oldi

Evropa CHempionlar ligasi 1/4 final javob bahslari doirasidagi "Barselona" - PSJ uchrashuvi yakunlandi.

Barselona Ispaniya – PSJ Franciya 1:4 (1:1, 0:3)

Gollar: 1:0 – 12 Rafinya, 1:1 – 40 Dembele, 1:2 – 54 Vitinya, 1:3 – 61, penalti Mbappe, 1:4 – 89 Mbappe.

Barselona – ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Joau Kanselu (Joau Feliks, 82), Gyundogan, de Yong (Lopes, 82), Pedri (Ferran Torres, 62), Rafinya, Yamal (Martines, 34), Levandovski.

PSJ – Donnarumma, Xakimi, Markinos, Ernandes, Mendesh, Fabian Ruis (Asensio, 77), Vitinya, Zair-Emeri (Ugarte, 80), Dembele (Kolo-Muani, 88), Barkolya (Li Kan In, 77), Mbappe.

Ogohlantirishlar: Martines (40), Mbappe (40), Fabian Ruis (45+1), Levandovski (50), Markinos (62), Gyundogan (64), Donnarumma (87), Rafinya (90+7), Lopes (90+7).

CHetlatish: Arauxo (29), Xavi (56).

Dastlabki o'yin: 3:2

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

89. GOL! Mbappe uchrashuvga nuqta qo'ydi! "Barselona" darvozaboni ikki zarbani qaytardi. Keyingi urinishda esa u ham yordam bera olmadi.


88. XAVFLI VAZIYAT! Levandovski qulay vaziyatdan foydalana olmadi, aniqrog'i, uning zarbasiga raqib himoyachilari to'g'anoq bo'ldi.

85. "Barselona"ning standart vaziyati zarba bilan yakunlandi. Biroq mezbonlar o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi.

78. Rafinyaning chap oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

77. PSJ taribida ikki o'zgarish ro'y berdi.

73. ZARBA! Levandovskining chap oyoqda 17 metrdan yo'llagan zarbasini Donnaruma qaytardi.

64. Gyundogan raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

61. GOL! Mbappe 11 metrli nuqtadan "Barselona" darvozasini ishg'ol qilib, PSJni umumiy hisobda ham oldinga olib chiqdi!


59. "Barselona" darvozasiga penalti belgilandi! Kanselu o'z jarima maydonida Dembeleni yiqitdi.

56. Xavi noroziligini ochiqchasiga namoyish etib, CHempionlar ligasi bannerini tepgani uchun chetlatildi.

55. XAVFLI VAZIYAT! Gyundogan tezkor javob qaytarishi mumkin edi. Mezbonlar yarim himoyachisining zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

54. GOL! Burchak zarbasidan boshlangan standart Vitinyaning olis masofadan raqib darvozasining ishg'ol qilinishi bilan yakunlandi!


50. Levandovski raqib futbolchisini qo'li bilan turtib yuborgani uchun ogohlantirildi.

49. Hakimining zarbasi boshqacha traektoriya oldi va Ter SHtegenga qiyinchilik tug'dirdi. Nemis posboni mashaqqat bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. Pedrining yuziga urib yuborgani uchun Fabian Ruis ogohlantirildi.

40. GOL! Dembele qarama-qarshi qanotdan uzatilgan to'pni sobiq jamoasi darvozasiga kiritdi!


34. "Barselona"da o'zgarish: Yamal o'rniga Martines maydonga tushirildi.

29. Arauxo o'z jarima maydoni yaqinida Barkolyani yiqitgani uchun maydondan chetlatildi! PSJda qulay standart vaziyat yuzaga keldi.


28. ZARBA! Mbappening yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Ter SHtegen qoyilmaqom harakat evaziga qaytardi.

25. Dembele burchak zarbasini golga aylantirib yuborishiga bir bahya qoldi, urinishga biroz aniqlik etishmadi.

20. ZARBA! Levandovski 12 metr masofadan kuchli zarba yo'lladi. Agar to'p darvozaga to'g'ri borganda, hisobdagi farq oshishi mumkin edi.

20. "Barselona"ning hujumi xavfli tus olishi mumkin edi, Donnaruma qiyinchilik bilan to'pni autga chiqarib yubordi.

17. ZARBA! Qanotdan uzatma natijasida Mbappening bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

16. Levandovskidan parijliklarning 3-4 nafar futbolchisi to'pni olib qo'yolmadi va qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi.

12. GOL! Rafinya hisobni ochdi! Yamalning say-harakatlaridan so'ng markazda turgan braziliyalik futbolchi Hakimidan epchilroq harakat qilib, hisobni ochdi.


7. Parijliklarning burchakdan uzatmasini Levandovski qaytardi.

2. Mbappe raqib jarima maydoni yaqinida yiqildi, hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика