So’nggi yangiliklar

20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  2 19:33Пепе Рейна фаолиятини якунлади: Афсонавий дарвозабон футбол билан хайрлашди  2 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  0 18:26Бундеслига 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 17:49Токотаев, Кичин, Алмазбеков, Мерк, Кожо... Қирғиз Республикасининг КХДР ва БААга қарши учрашувлар учун кенгайтирилган таркиби маълум  8 17:24Жиянов, Исмоилов, Бубанья, Жумаев ва бошқалар... Суперлига 10-тур рамзий терма жамоаси   0 16:43Дэвид Бекхэм Рубен Аморимнинг МЮдаги фаолияти ҳақида: "Уни қўллаб-қувватлаш керак, кейин натижани кўрасиз"  2 16:16ЎФА мураббийлар кенгаши йиғилишида МТЖнинг ЖЧ саралаши ва U-17 термасининг мундиалга тайёргарлиги муҳокама этилди  4 15:52Остон Ўрунов: "Ўтган мавсумдан сўнг етарлича дам олмаганим ва тиғиз тақвим туфайли мукаммал жисмоний ҳолатга кира олмадим"  19 15:27Кака Бразилия терма жамоасида Карло Анчелоттига ёрдам бериш истагини билдирди  3 14:59Ҳимояда ҳеч қандай муаммо бўлмайди. "Реал"нинг 4 нафар ҳимоячиси КЖЧда иштирок этиши мумкин  1 14:35Аббос Файзуллаев кечаги хатоси учун ЦСКА мухлисларидан кечирим сўради  13 14:08Агент Клоппнинг "Рома"га тайинлови масаласида баёнот берди  3

ECHL. "Atletiko" - "Manchester Yunayted" o'yinida kuchlar teng keldi Yangiliklar

ECHL. "Atletiko" - "Manchester Yunayted" o'yinida kuchlar teng keldi

ECHLning 1/8 finalidan o'rin olgan "Atletiko" - "Manchester Yunayted" bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Atletiko Ispaniya – Manchester Yunayted Angliya 1:1

24 fevral, 01.00, "Vanda Metropolitano"

Gollar: Felish (7, 1:0), Elanga (80, 1:1).

Atletiko – Oblak, Vrsalko, Savich, Ximenes, Reynildu, Lodi (Lemar, 76), Kondogbia, Errera, Lorente, Korrea, Joau Feliks (Grizmann, 76).

Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef (Uan-Bissaka, 66), Varan, Maguayr, SHou (Telles, 67), Pogba (Matich, 66), Fred, Brunu Fernandesh, Ronaldu, Reshford (Elanga, 75), Sancho (Lingard, 82).

Ogohlantirish: Errera (45+1), SHou (50), Lindelof (60), Reshford (65), Fred (74), Lorente (77), Telles (83).

Atletico Madrid

Joao Felix - 7'

Champions League Final Stage . 1/8-tur

24/02/2022, 01:00

1
:
1
Tugadi

Manchester United

Anthony Elanga - 80'

Stadion: Estadio Wanda Metropolitano, 63273 tomoshabin

Bosh hakam: Ovidiu Hategan

45'
90'
7'  Joao Felix
7'  Renan Lodi
45'  Hector Herrera
63'  Reinildo
76'  Renan Lodi (Thomas Lemar)
76'  Joao Felix (Antoine Griezmann)
77'  Marcos Llorente
78'  Jose Gimenez
50'  Luke Shaw
60'  Victor Nilsson Lindeloef
65'  Marcus Rashford
66'  Victor Nilsson Lindeloef (Aaron Wan-Bissaka)
66'  Paul Pogba (Nemanja Matic)
66'  Luke Shaw (Alex Telles)
74'  Fred
75'  Marcus Rashford (Anthony Elanga)
80'  Anthony Elanga
80'  Bruno Fernandes
82'  Jadon Sancho (Jesse Lingard)
83'  Alex Telles

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Dastlabki o'yinda kuchlar teng keldi.

90+4. ZARBAAAAAAAAA!!!! Lingardning zarbasini Oblak qaytardi!

90+3. MYU burchak zarbasidan naf chiqara olmadi.

4 daqiqa qo'shib berildi.

87. ZARBAAAAAAAAAA!!! UXXXXXX!!! Grizmanning zarbasidan keyin to'p yana bir bor to'singa tegib qaytdi.

83. Telles ham sariq kartochka ishlab oldi.

80. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! ELANGAAAAAAAAAA!!!!! Erreraning qo'pol xatosidan yosh futbolchi unumli foydalandi!

79. Ronalduning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. CHapaqaylar uchun zo'r nuqta bo'lgandi.

78. UXXXXX!!! MYUda juda xavfli nuqtadan jarima zarbasi!

75. UXXXXX!! Kondogbianing zarbasi noaniq ketdi.

74. Lodi almashtirilmadi. U o'zining qanotida doimgidek faol o'ynamoqda. 

70. Lodi jarohat oldi. U o'zgartiriladi shekilli.

65. MYU burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan oshirilgan to'pni himoyachilar qaytardi. Sanchoning zarbasini Ximenes o'ziga qabul qildi.

60. Lindelof tezkor Felishni ushlab yiqitgani uchun sariq ishlab oldi. 

55. Fernandesh raqib jarima maydonchasi ichida zarba yo'llashiga "Atletiko" himoyachilari yo'l qo'yishmadi.

50. "Yunayted" hujumga o'tdi. Ammo Fernandeshning havolatib uzatmasi Portugaliya tomon uchib ketdi.

47. Feliksning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45. ZARBAAAAAAAAA!!!! Jarimadan keyin Lodining pasidan keyin Ximenesning boshi bilan yo'llagan zarbasi erga sapchib De Xea darvozasining to'siniga tegib qaytdi.

42. Pogba taxminan 4 daqiqa ichida 2 marta to'pni oldirib qo'ydi. Uning baxtiga Kondogbianing yakuniy paslari o'xshamayapti. 

40. Ronaldu oldinga o'tayotgandi. U yana yiqitildi. 

37. Ronaldu uzoq masofadan erlatib zarba yo'lladi. Noaniq.

34. Lodining o'tkir burchakdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.

31. UXXXXX!! MYU himoyasi qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va Lodi jarima maydonchasi yonida yiqitildi.

30. "Atletiko" muxlislari Ronaldu to'pga tekkanida xushtak chalib turishibdi)

28. Qanotdan Korrea oshirgan to'pni Felish darvozaga yo'lladi. Anchagina balanddan o'tib ketdi.

24. Reshford hujumga o'tayotgandi. Savich podkati bilan to'pni burchakka chiqarib yubordi.

20. O'yin surati tenglashdi. MYU "Atletiko"ning bosimini markazga ko'chira oldi.

15. ZARBAAAAAAA!! Fernandeshning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

14. "Atletiko" hujumga o'tdi. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Maguayr qaytarib yubordi.

12. Reshford raqiblarini aldab o'tib, jarima maydonchasiga kirish uchun yugurdi. Lodi to'pni undan olib qo'ydi.

7. GOOOOOOOOOOOLLLLL!!! FELIIISHSHSHSHSH!!! Hisob ochildi!

5. Feliks qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirib keldi va noaniq zarba yo'lladi.

3. "Atletiko" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan oshirilgan to'pni Maguayr qaytardi. Ikkinchi zarbani esa Lindelof o'ziga qabul qildi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Vanda Metropolitano" stadioniga qaratamiz. Bu erda "Manchester Yunayted" mehmon bo'lmoqda.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика