So’nggi yangiliklar

17:46Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм". Таркиблар маълум  0 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  0 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  2 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  8 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  6 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14

Dushanbening “Istiqlol” klubi sardori Alisher Jalilov Ispaniya nashrlaridan biriga bergan intervyusi Yangiliklar

Dushanbening “Istiqlol” klubi sardori Alisher Jalilov Ispaniya nashrlaridan biriga bergan intervyusi

Tojikistonning “Istiqlol” jamoasi azosi va etakchi o'yinchisi Alisher Jalilov Ispaniyaning larazon.es nashriga biriga o'z klubining muvaffaqiyatlari siri bilan o'rtoqlashdi.

U suhbat jarayonida “Real Madrid” muxlisi ekanligini yashirmadi.

- Ispaniya futboliga qiziqishingizni sababi nimada?
- Biz barcha davlatlarning uslubini qiziqish bilan tomosha qilamiz va malum bir jihatlarni o'rganamiz. Biroq, Ispaniya futboli jahon miqyosida etakchilardan biri hisoblanadi. SHuning uchun ko'proq ushbu mamlakat chempionatini kuzatamiz.

- Bu kimdan chiqqan g'oya?
- Jamoadoshlarim va mening fikrim. Hozirda ko'plab chempionatlar to'xtatilgan. Qisqa vaqt ichida koronavirusni engib o'tishlariga ishonaman.

- Ispaniyadan qaysi jamoaning muxlisisiz? Futbolchilardan kimlarning harakatlariga etibor qaratasiz?
- Ha. Menga ispan uslubi juda yoqadi. La Ligada o'ynaydigan klublardan “Real Madrid”ning o'yinlariga befarq emasman. Karim Benzema, Toni Kroos, Eden Azar kabi yuqori darajadagi futbolchilarni tomosha qilish faqat zavq bag'ishlaydi. SHuningdek, “Barselona”dan Messi va Suaresning harakatlari meni o'ziga jalb qiladi.

- Mazkur ikki klubdan taklif bo'lsa ko'chib o'tishga tayyormisiz?
- Men azaldan “Real” muxlisiman. Bolaligimdan ushbu jamoaga mehr qo'yganman.

- Butun dunyoda koronavirus pandemiyasiga qaramay Tojikiston chempionati davom ettirilmoqda. Bunga munosabatingiz qanday?
- Salomatlik hayotimizning eng muhim qismidir. Hayriyatki, bizda futbol bilan shug'ullanish va uchrashuvlarni o'tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

- Xavfsizlik qay darajada?
- Futbolimiz rasmiylari va federaciya rahbarlari tinmsiz harakat qilishmoqda. Ularning mehnati tufayli biz xavfsiz muhitda futbol o'ynamoqdamiz.

- Tojikiston futbolining hozirgi darajasi haqida nima deya olasiz?
- Bizda futbol yildan yilga yaxshilanmoqda. Oliy Ligamizda raqobatbardosh jamoalar soni oshdi. Bir necha yil oldin “Istiqlol” jamoasi OFK kubogi finaliga qadar etib borgandi. Natijalar ko'tarilishi uchun ko'p ishlayapmiz.

- Stadionlar muxlislar bilan to'ladimi? Ishqibozlik qay darajada?
- Albatta. Futbol bizda annaviy sport turi bo'lgan “gushtingiri” bilan bir qatorda turadi.

- “Istiqlol” erishayotgan muvaffaqiyatlarning siri nimada? G'alabalar nimaning hisobiga qo'lga kiritilmoqda?
- Ishning to'g'ri tashkil qilinishi muvaffaqiyatning sababidir. Rahbariyat jamoaga doim kuchli murabbiy va futbolchilarni taklif qiladi. “Istiqlol”ni o'z ichki chempionatlarida etakchilik qiladigan klublarga qiyoslash mumkin.


 Abdulaziz Iskandarov tarjimasi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика