So’nggi yangiliklar

23:06"Реал" — "Вильярреал". Мбаппе асосий таркибда  1 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  2 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  8 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан иродали ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  6 20:59"Хавадар" — "Истиқлол". Машарипов асосий таркибда  0 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  9 20:06"Рубин" — "Ахмат". Таркиблар маълум  0 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  49 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  245 18:35АПЛ. Бешта баҳснинг асосий таркиблари билан танишинг  0 18:27АПЛ. Жотанинг голи "Ливерпуль"га муҳим 3 очкони тақдим этди  4 17:32"Барселона" дарвозабони ҳалиям чекиб турар экан  8

Dushanba og'ir kun. "Borussiya" muxlislari haftaning ilk kuniga qarshi (FOTO) Yangiliklar

Dushanba og'ir kun. "Borussiya" muxlislari haftaning ilk kuniga qarshi (FOTO)

Bundesliganing yangi teleshartnomasi zararga ishlamoqda.

"Borussiya" (Dortmund) klubining 26 ming muxlisi dushanbadagi o'yinlarga boykot qilib, "Augsburg"ga qarshi o'yinga kelishmadi. Mashhur "Signal Iduna Park" bu safar har doimgidek sariq emas edi.

Joriy mavsumdan kuchga kirgan yangi teleshartnoma 2016 yilda imzolangan edi. O'sha paytdayoq Eurosport dushanba kuni 5ta uchrashuvni efirga uzatishi malum edi. Ularning birinchisi bir hafta avval bo'lib o'tdi va tezda etirozlar boshlandi.

Frankfurtda o'tgan "Ayntraxt" hamda "Leypcig" o'rtasidagi uchrashuvda muxlislar xushtak chalishdi, shovqin qilishdi va maydonga hojatxona qozozlari va tennis to'plarini uloqtirishdi. Maydonni tozalash uchun hamkamlar bir qancha vaqt o'yinni to'xtatib turishdi.

Dunyodagi eng sodiqlardan biri hisoblanadigan Dortmundning "Borussiya" klubi muxlislari avvalgidan battarroq etiroz bildirishdi - "Augsburg"ga qarshi o'yinga kelishmadi.

Bundesliga rahbariyatining bergan malumotiga ko'ra, dushanbadagi uchrashuvlar hozircha test rejimida sinovdan o'tkazilmoqda. Bundan tashqari, ushbu o'zgarish Evropa ligasida qatnashayotgan jamoalar uchun qulaylik tug'diradi. Yangi teleshartnomaga ko'ra, Bundesliganing daromadlari 2 baravarga oshdi va bu ko'rsatkich 1 mlrd. evroga etdi.

Ammo bu faktlar hammaga ham qiziq emas. Muxlislar Bundesliga vakillarini faqat pul haqida o'ylashda, ishqibozlarning qiziqishlari hisobga olmayotganlikda ayblamoqda. Dushanba kungi o'yinlar mehmondagi o'yinga boradigan muxlislar uchun noqulay, chunki bu ishlaydiganlarga halaqit beradi.

"Noqulay vaqt tufayli muxlislar uchrashuvlarga bora olmasligi yoki ularning qiziqishi so'nishidan so'ng nima bo'lishi mumkinligini ko'rsatmoqchimiz" - deydi "Borussiya" muxlislar guruhi etakchisi Andreas Assman. "Vestfallenshtadion" kelajakda shunday ko'rinishga kelib qolishi mumkin. Bu nafaqat federaciya va bundesligaga, balki dushanba orqali daromadlarini oshirib olmoqchi bo'lgan barcha klublarga murojjat sifatida xizmat qiladi".

Dortmund klubining bosh direktori Xans-Yoaxim Vatcke muxlislarning etirozidan havotirda: "Ishqibozlar haqiqatdan ham dushanbaga qarshi. Bu o'yinlarsiz 1-2 mln. evro kamroq pul toparmiz, biroq muxlislar qimmatroq turadi".

O'yindan oldin "Borussiya"ning 15 ming muxlisi etiroz sifatida uyda qolishi elon qilindi. Natijada bunga qarshi bo'lganlar soni 26 ming kishiga etdi. Uchrashuvga 54300 muxlis tashrif buyurdi - bu har o'yin 80 ming ishqiboz yig'adigan jamoa uchun fojia.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика